BATTERFLYAY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BATTERFLYAY haqida malumot bilib oling.

BATTERFLYAY (ing. butterfl y, aynan — kapalak) — sportcha suvda suzish usuli, bunda suvda koʻkrakda turgan holda qoʻllarni baravar aylanma shaklda harakatlantirib suziladi, oyoqlar brass usulidagidek harakatlantiriladi. 1934-y. da paydo boʻlgan. 1952-y. gacha brassning bir turi hisoblangan. 1953-y. dan Xalqaro havaskorlik suvda suzish federatsiyasi (FINA) qaroriga koʻra mustaqil sport turiga aylangan. Shu yildan Batterflyayning takomillashtirilgan koʻrinishi — «delfin» paydo boʻladi. Olimpiya oʻyinlari dasturiga 100 m (1968-y. dan — erkaklar, 1956-y. dan — ayollar oʻrtasida) va 200 m (1956-y. dan — erkaklar, 1968-y. dan — ayollar oʻrtasida) masofaga suzish kiritilgan.

Ensiklopediya.uz
BATTERFLYAY