BATSILLALAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BATSILLALAR haqida malumot bilib oling.

BATSILLALAR (lot. bacillum — tayoqcha) — sporalar hosil qiladigan tayoqchasimon bakteriyalar. Oddiy boʻlinish yoʻli bilan koʻpayadi. Batsillalar saprofitlar (kasalliktarqatmaydigan, zararsiz) va patogen mikroblar (kasallik tarqatuvchilar) deb ikki guruhga boʻlinadi. Saprofitlar tabiatda koʻp uchraydi. Patogen Batsillalarga kuydirgi, qoqshol va b. kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroblar kiradi. Batsillalar organik moddalarni mineral moddalarga aylantirishda qatnashadi. Ayniqsa pektinlar hosil boʻlishida ularning ahami-yati katta.

Ensiklopediya.uz
BATSILLALAR