BAT Lidiya Grigoryevna haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BAT Lidiya Grigoryevna haqida malumot bilib oling.

BAT Lidiya Grigoryevna (1900— 1985) — rus yozuvchisi va tanqidchisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1970). Ijodini hiyuya, ocherk va taqrizlar yozishdan boshlagan, keyinroq qissalar yozgan. A. I. Deych bilan xamkorlikda yozgan ikki qissasi: «Frityof Nansen» (1936), «Taras Shevchenko» (1939) dan soʻng «Buyuk isteʼdod» (1958), «Haqiqat uchun rahmat» (1961), «Dengiz hayqiradi» (1967), «Unutilmas uchrashuvlar» (1970) kabi asarlarni yaratdi. Uning oʻzbek xalqi hayoti va adabiyoti bilan yaqin aloqasi Toshkentda (1942 — 44) yashagan yillarida boshlangan. Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan «Hayot boʻstoni» (1948) qissasi Bat adabiy faoliyatida muhim oʻrin tutadi. Hamza, Gʻ. Gʻulom, H. Olimjon, A. Qaxhor, Zulfiya, A. Muxtor va b. ijodi haqida maqolalar, ocherklar, taqrizlar yozgan. M. Qoʻshjonov b-n hamkorliqda yaratgan «Oybek» (1966) tanqidiy-biografik ocherki oʻzbek adabiyoti taraqqiyotiga salmoqdi hissa boʻlib qoʻshilgan. I. Sultonov bilan hamkorliqsa Hamzaning «Maysaraning ishi», «Paranji sirlari» (1951), V. Smirnova bilan hamkorlikda Abdulla Qodiriyning «Oʻtgan kunlar» (1958), «Mehrobdan chayon» (1961) asarlarini rus tiliga tarjima qilgan.

Ensiklopediya.uz
BAT Lidiya Grigoryevna