BASHAROV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BASHAROV haqida malumot bilib oling.

BASHAROV Qutlugʻ (1925.31.12, hoz. Olmaota viloyati Malaaksu qishlogʻi) — grafik rassom, Oʻzbekiston xalq rassomi (1975). Oʻzbekiston BA faxriy aʼzosi (1997). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida taʼlim olgan (1952 — 56), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1982). Asosan linogravyura, litografiya, akvarel usuli da ishlangan dastgoh va kitob grafikasi asarlari bilan tanilgan. Basharov asarlarida bezatilayotgan asar, badiiy asar xarakternoʻy ochib berishga in-tiladi, obrazlar ruhiyatini chuqur sritadi. Dastgoh grafikasiga mansub triptixlari, avtolitografiya turkumlari flomaster bilan qogʻozga ish-lagan «Oʻzbekiston musiqasi va raqslari» turkumi (1973), portretlar («Ali-sher Navoiy», 1968; «Abu Rayhon Beruniy», 1972; «Akmal Ikromov» va b.), rangli gravyura turkumlari («Insonga tinchlik kerak», 1983; «Sharq ayollari», 1984)bor. Rangtasvirda ham samarali ijod qildi: «Navoiyning hayoti va ijodi (1995), Amir Temur 660-yilligiga moybuyoq asarlari turkumlari («Amir Temur lashkarboshi», «Amir Temur portreti» va b., 1996) va b. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979). «El-yut hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).

Ensiklopediya.uz
BASHAROV