Barot Isroil (1938) to’liq malumot oling
Barot Isroil 1938 yilda Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq (hozirgi Ohangaron) tumaniga qarashli Toshsoy qishlogʻida, dehqon oilasida dunyoga keldi. 1953 yilda Toshkent poligrafiya texnikumida matbaachi ixtisosini egallab, 1956 yildan Toshkent shahridagi 1-sonli bosmaxonada ish faoliyatini boshlaydi. Ayni shu yillari “Imtihon” sheʼrini yozib, oʻzi yashagan tumanning “Mashʼal” gazetasida eʼlon qildiradi.
Mundarija
скрыть
Isroil Toshkent davlat pedagogika institutida (1960–1966) tahsil olgach, hozirgi “Tong yulduzi” gazetasida (1966–1970), soʻngra Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida xizmat qiladi.
Bolalar uchun yozilgan “Er va sheʼr” dostoni asosida “Hayvonlar sultoni” nomli opera, “Alisherning shirin tili” dostoni asosida radioinssenirovka yaratildi. Besh jildlik tanlangan asarlari chop etildi
Barot Isroil X. Xatak, N. Nekrasov, T. Moʻlda, S. Muqonov, R. Hamzatov, J. Oymirzayev singari qardosh xalqlar shoirlari ijodidan tarjimalar qildi.
Barot Isroil “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.
Biografiya
Barot Isroil (1938)