BARIY XLORID haqida malumot bilib oling.
BARIY XLORID, VaS12 — tuz; odatdagi sharoitda uchraydigani — digidrat VaS12-2N2O rangsiz kristall modda boʻlib, os-(925° gacha turgʻun) va R-(925° dan 961° gacha turgʻun) modifikatsiyalari maʼlum. Suyuqlanish t-rasi 961°, qaynash t-rasi 2047°, zichligi 3856 kg/m3. 100° gacha qizdirilganda suvini yoʻqotadi. Suvda yaxshi (20° da 100 g N2O da 35,7 g), spirtda oz eriydi. Bariy xlorid 900 — 1000° da barit konsentratiga koks va kalsiy xlorid, BaS ga xlorid kislota taʼsir ettirib va b. usullar bilan olinadi. Bariyning boshqa tuzlarini olishda, sulfat ionini ochish va choʻktirishda, koʻnchilikda, sopol buyumlar tayyorlashda, q. x. zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi.
Ensiklopediya.uz
BARIY XLORID