BARIY OKSID haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BARIY OKSID haqida malumot bilib oling.

BARIY OKSID, VaO — bariyning kislorod bilan birikmasi, kubik panjarali rangsiz kristall modda. Zichligi 5700 kg/m3. 23° da va yuqori bosimda tetragonal modifikatsiyaga aylanadi. Suyuqlanish t-rasi 2017°; qizdirilganda uchish xususiyati bor. Sut kislota va karbonat angidrid bilan oson reaksiyaga kirishadi. Bariy karbonatni 700 — 900° da yoki bariy peroksidni 500 — 600° da termik parchalash yoʻli bilan olinadi. Bariy oksid 500° atrofida kislorodli muhitda qizdirilganda bariy peroksid (VaO2)ga aylanadi. 500° dan yuqori t-rada esa parchalanib kislorod ajratib chiqaradi, sulfat kislota taʼsirida vodorod peroksid (N2O2) hosil qiladi. Bariy peroksid — sof kislorod manbai, pirotexnik tarkiblar komponenti, gazmol va qogʻozni oqartiruvchi modda sifatida ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
BARIY OKSID