BARGUZIN SOYLIGI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BARGUZIN SOYLIGI haqida malumot bilib oling.

BARGUZIN SOYLIGIBaykal boʻyi togʻlari orasidagi soylik. Barguzin daryosining oʻrta oqimida. Barguzin va Ikat tizmalari orasida (Buryatiya Respublikasi). Uz. 200 km, eni 15 — 35 km; tubi dengiz sathidan 470 — 600 m balandda, asosan tekislik boʻlib, unda-bunda qirlar uchraydi. Barguzin soyligining dasht qismidagi yerlar ekinzorlarga aylantirilgan, oʻrmonli dasht va qaragʻayzorlar ham bor. Dashtlardan yaylov sifatida foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
BARGUZIN SOYLIGI