BARG BUJMAYISHI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BARG BUJMAYISHI haqida malumot bilib oling.

BARG BUJMAYISHI — oʻsimliklarda virus, zamburugʻ, bakteriyalar taʼsirida paydo boʻladigan kasallik. Zararlangan oʻsimlik yaxshi rivojlanmaydi, barg shapalogʻi och yashil tusga kirib, bujmaloqlashadi, sathi mayda dogʻlar bilan qoplanadi, moʻrt boʻlib qoladi. Barg bujmayishi gʻoʻza, kartoshka, beda, mevali daraxtlar, piyoz va b. oʻsimliklarda uchraydi. Ingichka tolali gʻoʻza navlari ham bu kasallikka yoʻliqadi, poyasining yuqori qismidagi boʻgʻim oraligʻi qisqarib, hosili 50% gacha kamayadi. Kasallik, asosan, hasharotlar orqali tarqaladi. Barg bujmayishiga qarshi ekinzorga fungitsidlar, 1% li bordo suyukligi eritmasi purkaladi.

Ensiklopediya.uz
BARG BUJMAYISHI