BARCHIN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BARCHIN haqida malumot bilib oling.

BARCHIN (Barchinoy, Oy Barchin, Gul Barchin, Barchin suluv) — «Alpomish» dostonidagi yetakchi obrazlardan. Boysarining qizi. Alpomishning sevgilisi. Barchin mard va dovyurak qiz. U xalq ogʻzaki ijodidagi qahramonlik eposiga xos botir (alp) qiz haqidagi anʼanaviy obraz hisoblanadi. Turkiy xalqlar Barchin obrazi orqali xotin-qizlarga oʻz samimiy munosabatlari, katta eʼzoz va hurmatlarini bildirganlar, asllar ham yuksak insoniy qudrat va shon-sharafga ega ekanligini kuylaganlar. Baʼzi tarixiy rivoyatlarda Barchin oʻgʻuz qabilalariga beklik qilgan ayol, deb taʼriflanadi (uning maqbarasi Sigʻnoqaj 5 km jan.-sharqda joylashgan).

Ensiklopediya.uz
BARCHIN