BARBITUR KISLOTA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BARBITUR KISLOTA haqida malumot bilib oling.

BARBITUR KISLOTA, malonilmochevina, C4O3H4N2 — organik birikma. Mol. m. 128,10; rangsiz kristall modda. Suyuqlanish t-rasi 248°. Sovuq suvda va etanolda yomon eriydi. Issiq suvda va efirda yaxshi eriydi. Barbitur kislota mochevinaga natriy alkogolyat ishtirokida malonat kislota yoki uning dietil-efirini taʼsir ettirib hosil qilinadi. Barbitur kislota riboflavin, piramidin, violurat va mochevina kislotalarini olishda ishlatiladi. Uning amino va metilen guruhlaridagi vodorod atomlarini tegishli radikallar bilan almashtirib, tibbiyotda qoʻllaniladigan barbshpuratlar deb ataluvchi dori preparatlar olinadi.

Ensiklopediya.uz
BARBITUR KISLOTA