Barbara Mak-Klintok

Barbara Mak-Klintok

Barbara Mak-Klintok

(1902 — 1992)

Barbara Mak-Klintok genetika sohasining eng yuksak ilmiy salohiyatga ega olima va tadqiqotchisi bo‘lib, u genetika sohasidagi ilmiy izlanishlari natijasida 1983-yilda fiziologiya va tibbiyot yo‘nalishlaridagi  Nobel mukofotiga loyiq topilgan.

barbara mak klintok 660f0511943f2

Barbara Mak-Klintok 16-mart 1902-yilda AQSHning Konnektikut shtati, Xartford shahri tavallud topgan. Keyinchalik ularning oilasi Nyu Yorkka ko‘chib o‘tdi va Barbara Bruklindagi o‘rta maktabda o‘qiy boshladi. Uning onasi Barbaradagi tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishni ma’qullamas edi. Lekin baribir, uning 1919-yilda Nyu York shtatidagi Itake shahri, Kornell universitetiga o‘qishga kirishiga to‘sqinlik qilmadi. U mazkur universitetda Botanikadan chuqur ta’lim oldi. 1923-yili bakalavr diplomini qo‘lga kiritdi. Bir yil avval u genetika bilan jiddiy qiziqib qolgan edi. 1927-yilga kelib Barbara Mak-Klintok fan doktori ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi. Lekin, o‘sha vaqtda Kornell universitetida ayollarning genetika bilan shug‘ullanishi qat’iy ta’qiq ostida bo‘lgani uchun, Barbara Mak-Klintokning ilmiy unvoni rasman Botanika yo‘nalishida qayd etilgan edi. Shu yildan e’tiboran olima ayol, o‘zi ta’lim olgan universitetda Botanika fanidan o‘qituvchi bo‘lib ishlay boshladi. Olimaning mazkur o‘quv yurtidagi O‘qituvchilik faoliyati 1931-yilgacha davom etdi.

Universitetda Barbara Mak-Klintok o‘z talabalari va hamkasblari bilan maxsus genetik tadqiqot guruhi tashkilladi. O‘zi esa makkajo‘xori xromosomalarini ilmiy tekshirish bilan jiddiy shug‘ullandi. Barbara Mak-Klintok makkajo‘xori hujayralarining bo‘linish jarayonida, xromosomalarning bir guruh fragmentlarining o‘zaro almashinuvi yuz berishini payqab qoldi va ular yangi avlodda gen o‘zgarishlarini keltirib chiqaruvchi asosiy omil ekanligini aniqladi.

1920-yillarga kelib olimlar rentgen nurlanishlari makkajo‘xorining urug‘lik donlarida bir qancha kutilmagan mutatsiyalarni keltirib chiqarishini aniqladilar. Barbara Mak-Klintokga bir nechta nurlantirilgan makkajo‘xori donlarini tadqiq qilish vazifasi topshirildi. Ularda olima «halqa xromosomalar» o‘z strukturasi va shaklini o‘zgartirib, halqaga birlashib olgan xromosomalar turlarini aniqladi.

Barbara Mak-Klintok bunday halqalarning uchlarida alohida turdagi, ularni rentgen nurlanishlaridan himoya qiluvchi maxsus strukturalar – telomerlar joylashgan bo‘lishi mumkin degan taxminni ilgari surdi. Lekin hujayraning navbatdagi bo‘linishi yuz berganida, telomerning bir qismi yo‘qolib qolardi va xromosomaning himoya qobiliyati yo‘qqa chiqardi va oxir oqibatda, hujayra nobud bo‘lar edi. Aytgancha, o‘sha telomerlarni hozirgi vaqtda ham olimlar faol tadqiq qilishmoqda. Sababi ular saraton kasalliklarida qayd etiladigan jarayon – hujayraning tartibsiz bo‘linib ko‘payishining mohiyatini anglashga kalit bo‘lishi mumkin ekan.

1931 – 1936 yillarda genetika bilimdoniga aylangan olima Kaliforniya universitetida faoliyat olib bordi. 1931-1933 yillar davomida unga AQSHning milliy ilmiy-tadqiqot kengashining maxsus stipendiyasi tayinlandi. 1933-1394 yillarda u Gogengeym fondining stipendiyasiga tavsiya etildi. Olimaning ilmiy yutuqlari borgan sayin yaqqol ko‘zga tashlana boshladi. 1936-yilga kelib, Barbara Mak-Klintok Missuri universitetiga ishga o‘tkazildi. U yerda olimaning ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yanada yaxshi va vaqti ham yetarli bo‘lib, 1941-yilgacha gen sohasi tadqiqotlari yetakchisining asosiy tajriba o‘chog‘i bo‘lib qoldi. 1941-yilda Barbara Mak-Klintokni Nyu Yorkdagi Klod-Spring Xarbor genetika laboratoriyasining kafedra mudirasi lavozimiga tayinlashdi. Bu laboratoriyada Barbara Mak-Klintok makkajo‘xorining bir necha avlod chatishtiruvlarida, donning tashqi xususiyatlari qanday o‘zgarayotganligini chuqur tadqiq qildi. 1944-yilga kelib, Barbara Mak-Klintok AQSH milliy fanlar akademiyasiga a’zolikka qabul qilindi.

Chex olimi Gregor Mendelning 1860-yillarda ilmiy jamoatchilikka taqdim etgan dominant va retsessiv genlar haqidagi ta’limoti gen o‘zgarishlari sohasini chuqurroq tadqiq etish uchun yetarli emasligini birinchi bo‘lib Barbara Mak-Klintok tushunib yetdi. U yana shunday xulosaga keldiki, gen o‘zgarishlarini faqat ba’zi genlar xromosomalardagi o‘z joylashuvlarini o‘zgartirib bo‘lganidan keyingina va boshqa genlarni «o‘chirish» yoki, «yoqish» (faollashtirish) uchun ta’sir ko‘rsata boshlagan jarayondagina tushuntirish mumkin ekan. Olima bunday genlarni «Nazoratchi birliklar» deb atadi. Shuningdek, ularni «sakrovchi genlar» deb ham ataladi.

Genetika sohasidagi AQSHning eng yetakchi olimiga aylangan Barbara Mak-Klintok 1945-yilda Milliy Genetika jamiyatining prezidenti bo‘lib saylandi. 1951-yilga kelib, olima o‘zining «Nazoratchi birliklar» ta’limotini hamkasblari muhokamasiga havola qildi. Bu paytda ko‘plab olimlar  gen  o‘zgarishlarining qaysi yo‘sinda borishi va qanday natijaga olib kelishini oldindan bilish mumkin emas degan yanglish tushunchada turib oldilar. Ba’zi ilmiy arboblar esa Barbara Mak-Klintokning olamshumul g‘oyalarini butunlay inkor qilishdi.

Bunga qaramay Barbara Mak-Klintok makkajo‘xori ustidagi genetik tekshirishlarni to‘xtatib qo‘ymadi. U har yili Markaziy a Janubiy Amerika davlatlariga ekspeditsiyalar  uyushtirib, qadimgi hindu qabilalarining makkajo‘xorini qanday qilib madaniylashtirishgani borasida jiddiy izlanishlar olib bordi. 1960-yilga kelib DNK kashf etilgach, biologlar sakrovchi genlarning tabiatda mavjudligini rasman tasdiqlashdi. Ularni hozirda «Transpozonlar» deb ataladi. Transpozonlar barcha tirik organizmlarda mavjud bo‘lib, genetik o‘zgarishlarda o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Endilikda olimlar Barbara Mak-Klintokning makkajo‘xori bilan olib borgan ilmiy ishlarining ilmiy – amaliy ahamiyatini tan ola boshlashdi. 1965-yilga kelib olima Kornell universitetining professori ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi. Olimaga berilgan yuksak e’tiroflar orasida 1970-yildagi «Milliy ilmiy medal», hamda, Kolumbiya universitetining Luiza Gross-Xorvits mukofoti (1982) buni tasdiqlab turibdi.  1981-yilga kelib esa olima Fiziologiya va Tibbiyot yo‘nalishlaridagi Nobel mukofotiga loyiq topildi. Bu vaqtda u 81 yoshda bo‘lib, o‘zining  eng muhimi ilmiy kashfiyoti uchun ancha kech taqdirlangan edi (30 yildan so‘ng!). Barbara Mak-Klintok 1992-yilda Hantingtonda vafot etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

barbara mak klintok 660f0512982c4Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

barbara mak klintok 660f0512e2a3dTvitterda: @OrbitaUz

barbara mak klintok 660f0513366a2Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

barbara mak klintok 660f051386134Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Horijiy olimlar
Barbara Mak-Klintok

Manba:orbita.uz