
BARANOVICHI haqida malumot bilib oling.
BARANOVICHI — Belorussiya Respublikasining Brest viloyatidagi shahar (1919-y. dan). Yirik t. y. tuguni. Aholisi 167 ming kishi (1999). Baranovichi 19 – a. ning 70-y. larida vujudga kelgan. Shaharda avtomobil agregatlari, avtomatik liniyalar, stanok jihozlari, ventilyatsiya asboblari, temir-beton konstruksiyalari, moy, sut va pivo z-dlari, goʻshtkonserva, un, non k-tlari, ip gazlama i. ch. birlashmasi, tikuvchilik, poyabzal, trikotaj va mebel f-kalari va b. korxonalar mavjud. Qurilish materiallari, uy-roʻzgʻor kimyosi mahsulotlari, oʻyinchoq, badiiy buyumlar ishlab chiqariladi. Texnologiya, yengil sanoat texnikumlari, musiqa, tibbiyot bilim yurtlari, oʻlkashunoslik muzeyi bor.
Ensiklopediya.uz
BARANOVICHI