
BAQTRIYA TEKISLIGI haqida malumot bilib oling.
BAQTRIYA TEKISLIGI — Afgoniston shim. dagi togʻ oldi tekisligi; Amudaryoning chap sohilida. Uz. 400 km, eng serbar joyi 140 km. Balandligi shim.-gʻarbida 250 m dan jan. da 500 m ga yetadi. Tektonik botikda boʻlib, yer yuzasi aksari qumgil va lyosedan tarkib topgan. Iqlimi quruqsubtropik iqlim. Iyulning oʻrtacha t-rasi ZG, yanv. niki 3°. Yiliga 150—250 mm yogʻin yogʻadi. Landshafta shimda kumli choʻddan iborat; Amudaryo boʻyida toʻqay va oʻtloqlar bor. B. t. jan. dagi Mozori Sharif viloyatida Mozori Sharif, Tosh-qoʻrgon, Shibirgʻon, Qunduz va b. shaharlar joylashgan. Paxta, bugʻdoy, qand lav-lagi, sholi ekiladi. Qoʻychilik, yilqichilik bilan shugʻullaniladi.
Ensiklopediya.uz
BAQTRIYA TEKISLIGI