Baqlajonli salat

Baqlajonli salat

Baqlajonli salat

DO`STLARGA ULASHING:

Kerakli masalliqlar:

1. Baqlajon — 4 dona
2. Tuhum — 4 dona
3. Pomidor — 5 dona
4. Ukrop — 0,5 bog’
5. Sarimsoqpiyoz — 6-7 bo’lakcha
6. Un — 1 osh qoshiq
7. Tuz

Baqlajonli salat
Baqlajonli salat

Tayyorlanishi:

Tuhum, un va tuz idishga solinib, aralashtiriladi. Baqlajonlar 5-7 sm qalinlikda parrak qilib to’g’raladi va tuhumli aralashmaga botirib olinib, tovada, yog’da ikki tomoni qizargunicha qovuriladi.

Pomidorlar qirg’ichdan yoki go’sht qiymalagichdan chiqariladi. Ukrop va sarimsoqpiyoz mayda to’g’raladi. Ta’bga ko’ra tuz va qizil qalampir kukuni solinib, aralashtiriladi.

Qovurilib, sovutilgan baqlajonlar likopchaga teriladi. Ustiga pomidorli aralashmadan qo’yib chiqiladi va ukrop bilan bezatilinadi.

Yoqimli ishtaxa!

Baqlajonli salat