Baqlajon yetishtirish

Baqlajon yetishtirish

Baqlajon yetishtirish

Mundarija скрыть
Baqlajon yetishtirish
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Аhamiyati.
Baqlajon mevasi konserva sanoati va oshpazlikda qoʼllanadi. Ovqat uchun urugʼi hali toʼla shakllanib ulgurmagan hamda qotmagan 25-40 kunlik mevasi ishlatiladi. Uning tarkibida fosfor, kaltsiy, magniy, marganets, temir, allyuminiy, oltingugurt, kremniy, xlor, S (1-10 mg%), RR hamda V guruhiga kiruvchi darmondorilar mavjud.
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar.
Baqlajonni Аvrora, Yerevanskiy, Fabina F 1 , Zamin F 1 , Feruz kabi nav namunalari ekiladi.
Koʼchat tanlash.
Baqlajon koʼproq koʼchatidan ekiladi Koʼchatlari 40–45 kunlik, 6–7 chinbargli, poyasi va ildizlari yaxshi rivojlangan, sogʼlom boʼlishi lozim. Urugʼi sekin unib chiqadi, shuning uchun urugʼlarini ekishdan oldin oʼstiruvchi moddalardan biriga ivitib ekilsa tez unib chiqadi. Urugʼlarni virus kasalliklariga qarshi 48 soat davomida 50–52 o S va 24 soat 80 o S qizdirilsa, keyin 3 minut 5 foizli shoʼr suvda ivitilsa yaxshi natija beradi.
baqlajon
baqlajon
Yer tayyorlash.
Baqlajon ekiladigan maydon oʼtmishdosh ekin qoldiqlari va begona oʼtlardan tozalanadi. 1 sotixga 150–200 kg (10 sotixga 1,5–2 t) chirigan goʼng solinib tavsiya etilgan mineral oʼgʼitlar solinib yer 25–30 sm chuqurlikda yumshatiladi. Daladagi yirik kesaklar maydalanib, yaxshilab tekislanadi va qator oralari 70 va 90 sm li sugʼorish egatlari olinadi.
Ekish muddati.
Baqlajon koʼchatlarini janubiy viloyatlarda martning III oʼn kunligi, markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda
aprelьning II–III oʼn kunligida va shimoliy mintaqalarda aprelьning III va mayning I oʼn kunligida ekish tavsiya etiladi. Ekish sxemasi qatorlab yaʼni qatorlar orasi 70 va 90 sm li koʼchatlar orasi 30 va 40 sm li sxemada ekiladi. 1 sotix maydonga ekish sxemasiga qarab 357-476 ta koʼchat sarflanadi.
Parvarishlash.
Oʼsimliklarga birinchi ishlov berish koʼchatlar tutib olgach, yaʼni ekilganidan 10–12 kundan keyin boshlanadi. Bunda pushta va
qatordagi koʼchatlar orasining yengil chopiq qilinadi. Soʼngra 12–15 kun oʼtgach, yana bir bora chopiq qilinib sugʼoriladi va oziqlantiriladi. Baqlajonni oʼsuv davrida 2-3 marta qoʼlda chopiq qilinadi. Oʼsimlik sizot suvi chuqur joylashgan yerlarda oʼsuv davri mobaynida 10-12 marta sugʼoriladi sizot suvi yaqin joylarda 8-9 marta sugʼoriladi. Xar gal 1 sotixga 5–6 m 3 hisobidan suv sarflanadi.
Oʼgʼitlash.
Baqlajonni oziq moddalarga talabi yuqori. 1 sotix maydonga sof holda 7,6 kg sulьfat ammoniy, 2,6 kg ammofos, 1,6 kg kaliy
xlor oʼgʼitlari beriladi. 1 kg ammofos va 0,75 kg kaliy xlor oʼgʼiti shudgorlashdan oldin 200 kg chirigan goʼng bilan birga solinadi.
Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish.
Baqlajonni kolorado qoʼngʼizi, oʼrgimchakkana va oqqanot jiddiy zararlaydi. Kolorado qoʼngʼiziga qarshi kurashda 10 sotix maydonga preparatlardan Аtilla super 10 em.k. (40 ml) yoki Karate 5% k.e. (10 ml) preparatlarini qoʼllash mumkin. Oʼrgimchakkanaga qarshi k.e. (150 ml), Omayt 57% em.k. (150 ml) yoki Nissoron 5% em.k. (30 ml), oqqanotga Mospilan 20% n.kuk. (25 ml) preparatlarini 60 litr suvda yaxshilab aralashtirib purkash tavsiya qilinadi.
Hosilni yigʼishtirish.
Baqlajon texnik jihatdan yetilganda mevasi yiriklashadi, poʼsti toʼq binafsha ranga kirib, usti yaltirab turadi. Аyni
shu vaqtda mevaning eti nozik, taxirsiz va urugʼi qotmagan boʼladi. Baqlajon hosili 6-7 kun oralatib bandi bilan uzib olinadi. Sovuq tushishi oldidan hosilning hammasi, jumladan, tuzlashga ketadigan mayda, pishib yetilmaganlari ham yigʼib olinadi. Pishib ketgan baqlajonning rangi oʼzgara boshlaydi, bu mevalarni istemol qilishni tavsiya etilmaydi. Xosil oʼsuv davri davomida 8-10 marta terib olinadi.
Iqtisodiy samarasi.
10 sotix maydonga 4760 dona koʼchat uchun 714 ming soʼm sarflanadi. Umumiy xarajatlar 1775500 soʼmni tashkil etadi. Xosil narxi eng past narxda bir kilogrami 1500 soʼmdan sotilganda 4 mln. 50 ming soʼm boʼladi. Shunda 10 sotix maydondan 2 mln. 274 ming soʼm sof foyda olish mumkin.

Baqlajon yetishtirish