BAPTIZM haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BAPTIZM haqida malumot bilib oling.

BAPTIZM (yun. baptizo — suv bilan choʻqin-tirish) — protestantizmlyat sektalardan biri. Baptistlar fikricha, bolalar yoshligida emas, balki dinga nisbatan ongli munosabatda boʻlgandagina choʻqin-tirilishi, diniy eʼtiqodda erkinlik boʻlishi lozim. Iso Masihga ishonganlarning hammasini xudo xalos etadi. Baptizm ruhoniylarning dinga ishonuvchilar bilan xudo oʻrtasidagi vositachiligini rad etadi, xristianlikda muqaddas hisoblanadigan avliyolar, ikonalar, sirli marosimlar va kichik bayramlarni tan olmaydi, faqat Iso Masih nomi bilan bogʻliq boʻlgan bayramlarni, shuningdek baʼzi maxsus bayramlarni tan oladi. Bibyaiyani diniy taʼlimotning yagona manbai deb hisoblaydi, unga qatʼiy rioya qilishga chaqiradi.

Baptizmning dastlabki jamoasi 1609-y. da Gollandiyada ingliz muhojirlari orasida vujudga keldi. 1612-y. da Angliyada, 1639-y. da Shim. Amerikada paydo boʻldi. 19-a. da Yevropa, Osiyo, Afrikada, Lotin Amerikasidagi mustamlaka va qaram mamlakatlarda keng tarqaldi. B. Rossiyaga 19 – a. ning 60 – y. larida Germaniyadan kirib kelgan. 1905-y. da Jahon baptistlari ittifoqi tuzildi, uning markazi AQSHda. Jahondagi baptistlar soni 31 mln. dan ortiq. Oʻzbekistonda baptistlarning roʻyxatga olingan 14 ta jamoasi bor (1998).

Ensiklopediya.uz
BAPTIZM