BANTOK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BANTOK haqida malumot bilib oling.

BANTOK Grenvill (1868.7.8 — London — 1946.16.10) — ingliz kompozitori, dirijyor. Musiqiy oriyentalizm (Sharq mavzulariga murojaat qilish)ning yirik namoyandasi, ilk ijodiy qadamlaridan Sharqqa murojaat qilgan. 1938-y. dunyo (xususan Yaqin va Oʻrta Sharq) boʻylab qilgan safarida sharq mavzu va kuylarini toʻplagan va asarlarida ulardan foydalangan. Jumladan, «Eron durdonasi» operasi, «Misr», «Lalla Ruk» baletlari; xor va simfonik orkestr uchun «Umar Xayyom» (1906 — 09, uch turkumdan iborat), «Samarqandga oltin sayohat» (1922); ovoz va fortepiano uchun «Haram qoʻshiqlari», «Hofizning 5 ta gʻazali», «Saʼdiy bogʻi atir gullari» kabi turkumlar, boshqa sharq shoirlari sheʼrlariga asarlar yaratgan. Arab (Misr), hind, yapon va b. xalqlar kuylarini qayta ishlagan. Jami 4 opera, 3 balet, 3 simfoniya, 6 programmali simfonik poema; 2 torli kvartet, 4 skripka va fortepiano uchun sonata; xor uchun 3 simfoniya, spektakllarga musiqa, bolalar uchun turli janrlardagi asarlar muallifi. 1947-y. Angliyada Bantok jamiyati tashkil etilgan.

Ensiklopediya.uz
BANTOK