BANK MOLIYA AKADEMIYASI, BMA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BANK MOLIYA AKADEMIYASI, BMA haqida malumot bilib oling.

BANK MOLIYA AKADEMIYASI, BMA — OʻzRda iqtisodiyot sohasida magistrlar tayyorlovchi oliy oʻquv yurti, Oʻzbekiston Banklar uyushmasiga qaraydi. 1996 yil 2-mayda Toshkent sh. da tashkil etilgan, BMA Respublika bankmoliya tizimi uchun jahon talablari darajasida mutaxassislar tayyorlaydi. tortish; bankmoliya xodimlarining malaka oshirish f-tlari bor. Akademiyaga 2 yillik amaliy ish stajiga ega boʻlgan bakalavr mutaxassislar tanlov asosida qabul qilinadi. 1997 — 98 ylarda akademiyaga 153 kishi qabul qilingan. Akademiyada 11 kafedra boʻlib, 19 prof.-oʻqituvchilar, jumladan, 5 fan dri, prof., 11 fan nomzodi, dotsent ishladi (2000). Akademiya «Bank ishi», «Moliyani boshqarish», «Soliq ishi» mutaxassisligi boʻyicha magistr unvoni beradi. 2000-yil akademiyani 92 kishi bitirib chiqdi, ulardan 91 kishi dissertatsiya yoqlab magistr unvonini oldi.

OʻzR bank ishi va pul tizimini rivojlantirish; respublika umumiy va mintaqaviy moliya bozorini kompleks va uygʻun rivojlantirish hamda uni xalqaro moliya bozori tizimiga bosqichmabosqich kirib borishi; bank va moliya mexanizmining huquqiy va meʼyoriy asoslarini takomillashtirish yunalishlarida nazariy va amaliy ahamiyatga molik i. t. ishlari olib boradi. BMA xorijdagi yetakchi untlar, ilmiy markazlar, yirik banklar, moliya kompaniyalari, xalqaro moliya in-tlari bilan aloqa oʻrnatgan, ularning mutaxassislari bu yerda dars beradi. iborat nodir asarlar bor (1998). BMA xalqaro «Reyter» axborot tizimiga qoʻshilgan. Mirsobit Ochilov.

Ensiklopediya.uz
BANK MOLIYA AKADEMIYASI, BMA