BANDZELADZE Nodar Ambrosyevich haqida malumot bilib oling.
BANDZELADZE Nodar Ambrosyevich (1937.10.11, Gruziya) — haykaltarosh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1987). Tbilisi BA da taʼlim olgan (1958— 63). 1963-y. dan Samarqandda. Ijodini metallga zarb berib, boʻrtma tasvirlar ishlash bilan boshlagan («Samarqandlik rassom ayol», 1964), gips, toshdan haykallar ham ishlagan: «Nasriddinni tinglamoqdalar» (babbit, 1975); «Suv keddi» (gips), «Onalik» (tosh), «Uyqudagi bola» (tosh) — hammasi 1980; xirurg, prof. Zokirov portreta (bronza, 1980), «Egizaklar» (tosh, 1983), «Mirsharapov ot ustida» (mis, 1984), «Motam» (tosh, 1984) va b. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).
Ensiklopediya.uz
BANDZELADZE Nodar Ambrosyevich