BANDUNG haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BANDUNG haqida malumot bilib oling.

BANDUNG — Indoneziyaning Yava o. dagi shaxar. Jakartadan 85 km jan.-sharqda, dengiz sathidan 600 m balandlikda joylashgan. Gʻarbiy Yava viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 2 mln. kishi (1990). T. y., avtomobil va havo yoʻllari tuguni. B. Indoneziyaning yirik sanoat, ilmiy va madaniy markazlaridan. Toʻqimachilik f-kalari, oziq-ovqat, kimyo, metallsozlik, kauchukni qayta ishlovchi korxonalar va yirik t. y. ustaxonalari bor. B. xinin ishlab chiqarish bilan mashhur. Bandungda i. t. institutlari, toʻqimachilik va texnologiya in-tlari, Paster in-ti (shifobaxsh zardob va vaksina ishlab chiqariladi), markaziy elektrotexnika lab. va un-t, yadro energetikasi markazi bor. Bandung yaqinida (15 km) rasadxona qurilgan. Sanʼat, geologiya muzeylari bor. Togʻ kurorti va turizm rivojlangan. 1955-y. da Bandungda Osiyo va Afrika mamlakatlari vakillarining tinchlikni mustahkamlashga bagʻishlangan Bandung konferensiyasi boʻlib oʻtgan. Shahar 1810-y. da barpo etilgan.

Ensiklopediya.uz
BANDUNG