“Balli qizlar” ko’rik tanlov senariysi

“Balli qizlar” ko’rik tanlov senariysi
balli qizlar korik tanlov senariysi 65caf19e49d90

maxresdefault 8

“Balli qizlar” ko’rik tanlov senariysi

Mundarija скрыть
“Balli qizlar” ko’rik tanlov senariysi
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

“Balli qizlar”  ko’rik tanlov senariysi
Shartlar:
  1. Tabrik qismi
  2. Moda ko’rinishi
  3. O’yin (Buxorocha)
  4. She’r (mavzuga oid)
  5. Dasturxon tuzash
  6. Sahna ko’rinishi (Mavzuga oid)
  7. Tort bezash
  8. Ovqat pishirish
1-shart
  1. Bu cheksiz davlati ma’mur
Buxorodan, Buxorodan.
Bu tengsiz san’ati manzur
Buxorodan, Buxorodan
  1. Nigohi sizni lol etsa
So’zi oshufta hol etsa
Biling bu orazi suqsur
Buxorodan, Buxorodan
Assalomu alaykum qalbi daryo ustozlar, aziz maktabdoshlar. Biz bugun azim Buxoroning nufuzli ilm maskani bo’lmish qadrdon maktabimiz sahnasida “Balli qizlar” ko’rik tanlovlarini o’tkazyapmiz.  Biz       va      sinf qizlari o’zimizning kuch va mahoratimizni sinamoqdamiz.
Bizning qizlar otalarning erkasi
Bizning qizlar onalar yordamchisi
Bizning qizlar lobar, chevar,
Bizning qizlar mehnatsevar
Bizning guruh:    ………
Bizning shior: Intilganga tole yor
Keling do’stlar tanishaylik yaqindan
Keling do’stlar bellashaylik adolatdan
(Yana mavzuga oid she’r va qo’shiqlar, o’yinlar ijro etiladi)
2-shartda har bir mofda namoyishiga chiqqan qizga uning xarakteriga moslab boshlovchi she’r o’qiydi:
  1. Budur bizning Saida
Uzun sochli xushqomat.
Iqtidorli u juda
Unga tilaymiz omad
  1. Budir bizning Sakina
Daftarlari to’la besh
U urishqoq va ishchan
Omad bo’lsin unga esh
  1. Budir bizning Nigora
Puxtadir qilgan ishi
Zukkolikda tengi yo’q
G’olib bo’lish xoxishi
  1. Budir bizning Madina
Intiluvchan u har on
Darrov qiladi gina
Biroq juda mehribon
  1. Budir bizning Ferangiz
U bo’lajak raqqosa
Shuni bilib qo’yingiz
U uyalchangdir rosa
  1. Budir bizning Munavvar
Qalbi tongday beg’ubor
Bilimdonlikda sarvar
“Intilish” unga shior
  1. Budir bizning Gulbahor
Qalbi she’r bilan hamroh
U oq kongil, odobli
She’ridan olar panoh
  1. Budir bizning Sharofat
Nozikkina, erka qiz
So’zlashi jonga rohat
U oilada yolg’iz
3-shart bo’yicha qizlarning raqs mahoratlari namoyish etiladi va hakamlar tomonidan baholanadi
  1. Shart
-She’riyat qadim buyuk so’qmoq ekan….. degan ekan bir shoir. Darhaqiqat she’riyat ummoni  keng, sarhadlari cheksiz. Bizning qizlar she’riyatga juda qiziqishadi. Sizlarga hozir   Muhammad Yusufning “Yurtim ado bo’lmas armonlaring bor.”  She’rini aytib bermoqchimiz. Marhamat tinglang
  1. shart Dasturxon tuzash-ushbu shartda qizlarning qanday mehmon kutishlari, yoki qanday dasturxon ustini bezashlari sinovdan o’tkaziladi. Bunda har bir narsaning qayerda va qanday joylashtirilganiga hakamlar hay’ati qat’iy e’tibor berishlari zarur.
  2. Sahna ko’rinishida mavzudan kelib chiqqan holda qizlarning aktiyorlik mahorati kuzatiladi.
  3. shart Tort bezashda sharoitdan kelib chiqib, qizlar buni og’zaki tushuntirsalar ham bo’ladi
  4. shart Ovqat pishirish shartida qizlarga maxsus konvertlar beriladi. Konvertlar ichida ma’lum bir yoki ikkita ovqatning nomi yozilgan bo’ladi. Qizlar shu ovqatlarning qanday tayyorlanishi haqida tushunchaga ega bo’lishlari kerak. Hakamlar hay’ati ushbu shartni baholashda mahsulotlar ketma-ketligi va  necha kishiga mo’ljallanganligiga e’tibor beradilar.

“Balli qizlar” ko’rik tanlov senariysi