Balish tayyorlash resepti to’liq malumot oling
Kerakli masalliqlar:
1. Un — 1 kg.
2. Tuhum — 1 dona.
3. Margarin — 300 gr.
4. Qatiq — 1 piyola.
5. Iste’mol sodasi — 0.5 choy qoshiq.
6. Kartoshka — 4 dona.
7. Dumba — 50 gr.
8. Ko’katlar (yalpiz, jandiq, ismaloq).
9. Ziravorlar.
10. Tuz.
Balish tayyorlash resepti
Qiyma tayyorlanishi:
Kartoshka, dumba mayda kubik qilib to’g’raladi. Ko’katlar tozalab to’g’raladi. Ziravorlar qo’shib aralashtiriladi.
Hamir tayyorlanishi:
Un ichiga margarinni to’g’rab solamiz. Va urvoq xoliga keltiramiz.

Qatiqni kosaga solib, va iste’mol sodasi, tuz, tuhum oqini qo’shib, yahshilab aralashtiramiz. Va unli massaga qo’shib, hamir qoramiz. Tayyor hamir 2ga bo’linadi va tindirib qo’yiladi.


Zuvalaning bittasi yoyilib, duhovka listi ichiga joylashtiriladi. Tayyorlangan qiyma solinib, bir tekisda taqsimlanadi. Ustiga ikkinchi zuvala yoyilib, chetlari birlashtiriladi. Ustiga tuhum sarig’i surtiladi.

Oldindan qizdirilgan gaz duchovkasida qizargunicha pishiriladi.

Yoqimli ishtaxa!
Pazanda
Balish tayyorlash resepti