BALI haqida malumot bilib oling.
BALI — Malayya arxipelagidagi orol. Indoneziyaga qarashli Kichik Zond o. lari toʻdasida. Mayd. 5,6 ming km2. Aholisi 2 mln. kishidan ortiq. Yirik shahri — Denpasar. Orolning yer yuzasi togʻli, sharqiy qismida Agung vulkani (bal. 3142 m) bor. Iqlimi tropik, musson iqlimi. Yozi seryogʻin (yiliga 1500 mm va undan ortiq). Tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Plantatsiyalarda sholi, kofe, kakao yetishtiriladi. Bali Indoneziya madaniyati va sanʼatining qad. markazi. Balida meʼmoriy yodgorlik koʻp, jumladan «Qirollar mozori» (11-a.) — qoyaga oʻyib ishlangan fasadlar, «Fil gʻori» (13a.) va b. Orolga koʻplab turistlar kelib turadi.
Ensiklopediya.uz
BALI