BALATON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BALATON haqida malumot bilib oling.

BALATON — Vengriyadagi koʻl. Oʻrta Dunay pasttekisligida, 105 m balandlikda. Mayd. 596 km2, uz. 78 km. Oʻrtacha chuq. 3 m (eng chuqur joyi 11 m). Balaton koʻlining oʻrni tektonik harakatlar natijasida vujudga kelgan. Shim.-gʻarbiy qirgʻoqlari baland, tik va parchalangan, qirgʻoqlarining qolgan qismi past, qumloq, baʼzan botqoqlik. B. ga bir necha daryo quyiladi, eng kattasi — Zala. Shio daryosi oqib chiqadi va u kanallar orqali Dunay daryosiga quyiladi. Kema qatnaydi. Yozda suvning t-rasi 20°. B. atroflari Vengriyadagi yirik kurort va turizm rni. Mineral buloq koʻp.

Kema qatnovi va baliq ovlash yoʻlga qoʻyilgan. Balaton sohilida Kestxey va Shiofok sh. lari joylashgan. Tixan landshaft qoʻriqxonasi (zakaznik), Kishbalaton rezervati bor.

Ensiklopediya.uz
BALATON