BALANTIDIUM haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BALANTIDIUM haqida malumot bilib oling.

BALANTIDIUM (Balantidium) – teng kiprikli infuzoriyalar turkumining avlodi. Tanasi oval, loviyasimon, yumaloq shaklda, sirtdan mayda, bir xil uzunlikdagi kipriklar bilan qoplangan. Kipriklari harakatlanish va ozigʻini haydash vazifasini bajaradi. Tanasining uz. 40 — 150 mkm, eni 20 — 70 mkm, 30 dan ortiq turi bor. Bir qancha umurtqasizlar va koʻpchilik umurtqalilar (kalamush, choʻchqa, odamsimon maymunlar) hamda odamning yoʻgʻon ichagida parazitlik qiladi. Choʻchqa va odamlarning yoʻgʻon ichagida parazitlik qiladigan V. yugʻon ichak toʻqimalarini yemirib, eritrotsitlar bilan oziqlanadi, ichakni yalligʻlantirib, xavfli — qonli ichburugʻ kasalligini paydo qiladi. Balantidium sistalari hayvonlar goʻngi orqali tashqariga chiqariladi. Balantidium bilan zararlangan kishi bu parazitni boshqalarga ham yuqtirishi mumkin. Choʻchqalar va choʻchqaboqarlar orasida ayniqsa koʻp uchraydi.

Ensiklopediya.uz
BALANTIDIUM