Balanit – erkaklar kasalligi to’liq malumot oling
Balanit jinsiy olat (zakar) bosh qismining yallig‘lanishidir. Ushbu kasallikka chalingan bemorda olat boshi sohasida achishish, qichishish alomatlari, lohaslik, bosh og‘rig‘i, tana haroratining ko‘tarilishi, ba’zan chov sohasida limfa tugunlarining kattalashishi kuzatiladi, deya ma’lumot beradi Tib.uz nashri. Balanitning oddiy, diabetik, gangrenoz, halqasimon eroziyali, yiringli-yarali turlari bor.
Balanit odatda postit – jinsiy olat chekka kertmagi ichki qavatining kasallanishi bilan kechadi, shuning uchun ikkalasi birga – balanopostit deb ataladi. Demak, balanopostit jinsiy olat bosh qismi terisi va chekka kertmagi ichki qavatining yallig‘lanishidir. Olat boshi va kertmagi orasida smegma yig‘ilib qolib, unga mikroblar tushishi balanopostitga olib keladi. Shuningdek, bu kasallik zaxm va so‘zak asoratlari, fimoz tufayli ham kelib chiqishi mumkin. O‘tkir balanopostitda olat boshi va kertmagida og‘riq, qichishish, achishish alomatlari paydo bo‘lib, shu soha maddalaydi. Olin olinmasa, surunkali balanapostitga o‘tishi mumkin. Balanopostitning oddiy, diabetik, eroziyali turlari bor.
Kasallikning ilk alomatlari paydo bo‘lishi bilan darhol urologga murojaat etish zarur. Kasallikning kechishi va xiliga qarab davo tayinlanadi.
Erkaklar uchun
Balanit – erkaklar kasalligi