Baland poshnali oyoq kiyim va bosh og‘rig‘i o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor

Baland poshnali oyoq kiyim va bosh og‘rig‘i o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor

dars jadvali, o‘qituvchilarning kundalik va yillik ish rejalarini, tarifikasiya ro‘yxatlari va mehnat ta’tillari jadvallarini tasdiqlaydi;

Maktab qonun-qoidalari

1. Mazkur Ustav 329 -sonli umumiy o‘rta ta’lim muassasasining (keyingi o‘rinlarda – umumta’lim muassasasi deb ataladi) faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Nodavlat umumta’lim muassasi o‘z Ustavini mazkur Nizomga muvofiq ishlab chiqishi va tasdiqlashi tasiya etiladi.

2. Umumta’lim muassasasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, Xalq ta’limi vazirligining buyruq, topshiriq
va ko‘rsatmalariga hamda mazkur Ustavga amal qiladi.

3. Umumta’lim muassasasi uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, u o‘quvchi yoshlarga I-XI sinflar hajmida davlat ta’lim standartlari asosida fan asoslaridan umumiy o‘rta ma’lumot beruvchi majburiy ta’lim muassasasidir.

5. Umumta’lim muassasasi Ustavi Pedagogik kengashda qabul qilinadi, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limida tasdiqlanadi va mahalliy davlat hokimiyati organida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

7. Umumta’lim muassasasida ta’lim olish tilini tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.

8. Umumta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimiga kiritilgan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi , Yangihayot tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasasi hisoblanadi.

9. Umumta’lim muassasasi Toshkent shahri, Yangihayot tumanida joylashgan.

2 -bob. O‘quvchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish

46. O‘quvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish umumta’lim muassasalariga tibbiyot muassasalari tomonidan biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Tibbiyot xodimlari maktab rahbariyati va pedagog xodimlar bilan bir qatorda davolash-profilaktika tadbirlarini tashkil etish, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena talablariga rioya qilish, ovqatlanish rejimi va sifatiga, o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish uchun mas’uldirlar.

47. Umumta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimlarining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (maxsus joy, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi.

48. Umumta’lim muassasasi o‘quvchilarini har yilgi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

49. Umumta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini psixologik jihatdan ta’minlash maktab psixologlari tomonidan amalga oshiriladi.

50. Og‘zaki nutq nuqsonlari va tovush talaffuzida kamchiliklari bo‘lgan o‘quvchilarga korreksion-logopedik yordam berish maqsadida umumta’lim muassasasida o‘qituvchi-logopedlar (defektologlar) faoliyat yuritadigan logopediya shahobchasi tashkil etilishi mumkin.

3 -bob. Ta’lim jarayoni ishtirokchilarining

huquq va majburiyatlari

63. Quyidagilar ta’lim jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi:

umumta’lim muassasasining o‘quvchilari (keyingi o‘rinlarda o‘quvchilar deb yuritiladi);

umumta’lim muassasasining pedagoglari (keyingi o‘rinlarda o‘qituvchilar deb yuritiladi);

umumta’lim muassasasining ma’muriyati (direktor, direktor o‘rinbosarlari);

64. O‘quvchilarning huquqlari:

davlat standartlariga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim muassasasida bepul ta’lim olish;

o‘z insoniy qadr-qimmatlarini hurmat qilinishi, vijdon va axborot erkinligini his qilishi, o‘z qarashlari va e’tiqodlarini erkin ifoda etish;

turli xil ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish, seminarlar, anjumanlar, olimpiadalar, ko‘rgazma va tanlovlarda ishtirok etish;

qo‘shimcha (pullik va bepul) ta’lim xizmatidan foydalanish;

qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.

65. O‘quvchilarning majburiyatlari:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, odob-axloq qoidalariga rioya qilish;

mazkur Ustav va ichki tartib qoidalarini so‘zsiz bajarish;

davlat ta’lim standartlari hajmida umumiy ta’lim olish uchun intilishlari;

dars jadvali asosida darslarga o‘z vaqtida kelishi, barcha darslarda ishtirok etishi, sababsiz dars qoldirmasliklari;

o‘quv jarayoni uchun kerak bo‘lgan barcha jihozlarni, kundalik daftari, darslik, o‘quv qo‘llanmalari va daftarlarini to‘liq olib kelish;

ushbu Ustavda belgilangan o‘quvchi formasida kelish;

o‘qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish;

o‘z bilimi va amaliy ko‘nikmalarini mustaqil ravishda oshirish
va mustahkamlab borishlari hamda umumlashtirish saviyalarini yuksaltirish;

umumta’lim muassasasi va jamoat topshiriqlarini bajarishda faollik ko‘rsatish;

umumta’lim muassasasi mulkini asrab-avaylash.

o‘zi dars beradigan fanini yaxshi bilishi va yetarli kasbiy mahoratga ega bo‘lishi;

umumta’lim muassasasida va pedagogik jamoa orasida o‘z bilimi, yurish-turishi, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlari, ichki va tashqi madaniyatliligi, namunaviy turmush tarzi, kiyinish madaniyati bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishlari;

ijtimoiy hayot uchun maqbul bo‘lmagan xatti-harakatlar qilishdan saqlanishlari, o‘quvchilarining ham xatti-harakatlaridan xabardor bo‘lishlari;

umumta’lim muassasasi obro‘si, ta’lim-tarbiya sifati
va samaradorligini oshirish yo‘lida faollik ko‘rsatishlari;

kasb mahoratining yuksak darajada bo‘lishi, ta’lim oluvchilarning o‘quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari darajasida o‘zlashtirishlarini ta’minlashlari;

o‘quvchilar shaxsini hurmat qilishlari va ularni zo‘ravonlikning barcha ko‘rinishlaridan himoya qilishlari;

o‘quvchilarni mavjud qonunlarga, mehnatga, ota-onalarga, ma’naviy, tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashlari, o‘quvchilarni bir-birini hurmat qilish, ahillik va inoqlik ruhida tarbiyalashlari;

mashg‘ulot o‘tkazishga o‘z vaqtida va sifatli tayyorgarlik ko‘rishlari, o‘z kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirib borishlari;

belgilangan muddatlarda yoki malaka oshirishga ehtiyoj tug‘ilganda malaka oshirish institutlarida o‘z kasbiy mahoratlarini oshirishlari, yosh mutaxassislar esa o‘quv yurtini bitirganlaridan keyin uch yildan so‘ng malaka oshirishdan o‘tishlari;

metodik kengash va metod birlashmalarning faoliyatida va boshqa shakldagi uslubiy ishlarda ishtirok etishlari;

pedagogik kengash va ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan o‘tkazilayotgan majlislarda ishtirok etishlari;

o‘quvchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan doimiy aloqada bo‘lishlari;

mazkur Ustav, ichki tartib qoidalarida belgilangan kiyinish madaniyati talablariga amal qilishlari lozim.

67. Umumta’lim muassasasi direktori:

umumta’lim muassasasi faoliyatining barcha lavozim yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;

o‘z lavozimi bo‘yicha pedagogik kengash raisi hisoblanadi;

umumta’lim muassasasining o‘quv-tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi;

ta’lim berish (o‘quv-tarbiya) ishini tashkillashtiradi, maktabning ma’muriy-xo‘jalik (ishlab chiqarish), moliyaviy ishini ta’minlaydi, xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilish tartibini yaratadi;

o‘z vakolatlari doirasida har bir xodimiga ular uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmani berishga haqli;

Pedagogik kengash bilan birgalikda maktabni rivojlantirish strategiyasi, maqsadlari va vazifalarini belgilaydi;

umumta’lim muassasaning rivojlanish dasturlarini, o‘quv rejalari, kurslar, fanlar, o‘quv-uslubiy hujjatlar, Ustav va ichki tartib qoidalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish ishlarini amalga oshiradi;

umumta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga, kuz-qish mavsumiga tayyor bo‘lishini tashkil etadi va ta’minlaydi, maktabda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshiradi, qabul qilish dalolatnomalarini imzolaydi;

umumta’lim muassasasi faoliyati jarayonida yuzaga keladigan o‘quv-uslubiy, ma’muriy, moliyaviy, xo‘jalik va boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etadi;

pedagog va boshqa xodimlari ishini rejalashtiradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish ishlarini amalga oshiradi, xodimlarning lavozim majburiyatlarini belgilaydi, ularning kasbiy mahoratini oshirish uchun shart-sharoit yaratadi;

dars jadvali, o‘qituvchilarning kundalik va yillik ish rejalarini, tarifikasiya ro‘yxatlari va mehnat ta’tillari jadvallarini tasdiqlaydi;

o‘quvchilar va xodimlarining salomatligini muhofaza qilish
va mustahkamlash, sog‘lom ovqatlantirish uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi, ularning ishini nazorat qiladi;

jamoa shartnomasi bajarilishini ta’minlaydi, maktab pedagoglar jamoasi, kasaba uyushmasi tashkilotiga ishlash uchun zarur sharoitlar yaratadi;

qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

68. D irektorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:

– direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari umumta’lim muassasasi direktorining tavsiyasiga ko‘ra tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining mudiri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

– direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari umumta’lim muassasasi direktori bilan hamkorlikda maktabdagi o‘quv jarayonini tashkil etadi, maktab pedagoglari jamoasiga uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi, o‘quv jarayonida xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilinishi tartibini ta’minlaydi, o‘quv ishi bo‘yicha hisobotlarni yuritadi va umumiy majburiy ta’lim bo‘yicha ishni tashkillashtiradi;

– direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bevosita umumta’lim muassasasi direktoriga bo‘ysunadi.

69. Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi vazifalarini bajaradi:

– pedagoglar jamoasining faoliyati bo‘yicha kundalik va istiqbol rejalashtirilishini tashkil etadi;

– o‘qituvchilar va boshqa pedagog xodimlarning o‘quv rejalarini
va dasturlarini bajarish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;

– zaruriy o‘quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

– ta’lim jarayonining sifatini va o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalari ob’yektiv ravishda baholanishini, to‘garaklar va qo‘shimcha mashg‘ulotlar ishini muntazam nazorat qiladi;

– pedagog xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan darslarni muntazam tahlil etib boradi;

– bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish ishlarini tashkil etadi;

– o‘quv jarayonini tashkil etish masalalari yuzasidan ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ni qabul qiladi;

– pedagog xodimlarga yangi dasturlar va pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish va ishlab chiqishda yordam beradi;

– o‘quv mashg‘ulotlari va ta’lim faoliyati boshqa turlarining jadvallarini tuzadi, vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan o‘qituvchilarning darslari sifatli va o‘z vaqtida almashtirilishini ta’minlaydi, qoldirilgan
va boshqa o‘qituvchi o‘rniga o‘tilgan darslarni qayd qilish jurnalini yuritadi;

– belgilangan hisobot hujjatlari o‘z vaqtida tuzilishini ta’minlaydi, pedagoglar tomonidan sinf jurnallari va boshqa hujjatlar to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritilishini nazorat qiladi;

– pedagog kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etadi, ularning malakasini va kasbiy mahoratini oshirish ishlarini tashkil etadi, o‘quvchilar bilimlarini monitoringi o‘tkazishni amalga oshiradi;

– uslubiy birlashmalar ishiga rahbarlik qiladi, o‘z malakasini oshiradi;

– pedagoglar va boshqa xodimlarini attestasiyadan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda ishtirok etadi;

– pedagoglar va o‘quv-tarbiya xodimlar tarkibining ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritadi, imzolaydi va direktorga topshiradi;

– direktorning xo‘jalik ishlar bo‘yicha o‘rinbosari ishtirokida o‘quv xonalari, ustaxonalar, sport zali hamda yordamchi xonalarni pasportlashtirishni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini tashkil etadi;

– mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar hamda amaliy
va laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bo‘limlar ishlab chiqilishini va muntazam qayta ko‘rib chiqilishini tashkil etadi;

– direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bilan hamkorlikda yo‘l harakati, suzish havzalari va ko‘cha-ko‘yda o‘zini tutish, yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish uslubiyati va tartibini belgilaydi;

– qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

70. Direktorning ma’naviy–ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari:

– direktorning ma’naviy–ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari direktorning tavsiyasiga ko‘ra tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining mudiri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

– direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qiladi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga umumiy uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;

– aniq bir tadbirlar o‘tkazilganida o‘quvchilar bilan sinfdan
va maktabdan tashqari ishlashda xavfsizlik texnikasi me’yorlariga
va qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa jamoat tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;

– direktorning ma’naviy–ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bevosita umumta’lim muassasasi direktoriga bo‘ysunadi.

71. Direktorning ma’naviy–ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi lavozim vazifalarini bajaradi:

– o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha joriy va istiqbol rejalar tuzilishini va uning o‘tkazilishini tashkil etadi;

– sinf rahbarlari, Yoshlar ittifoqi yetakchisi, psixolog, kutubxonachi, to‘garak rahbarlari va bevosita ushbu direktor o‘rinbosariga bo‘ysunuvchi boshqa xodimlarning ishini muvofiqlashtiradi.

– muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifatini, to‘garaklar ishini va maktabdan tashqari tadbirlar o‘tkazilishi hamda to‘garak jurnallarini yuritilishini ta’minlaydi;

– ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda bevosita ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan hamkorlik qiladi;

– o‘quvchilarning darslarga qatnashishi (davomat)ni kundalik nazorat qiladi, surunkali dars qoldirayotgan o‘quvchilarni ota-onalar va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ta’limga jalb etish choralarini ko‘radi hamda belgilangan namunadagi davomat jurnalini yuritilishini ta’minlaydi;

– voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan birgalikda profilaktik tadbirlar o‘tkazadi;

– muassasa psixologi bilan birgalikda voyaga yetmaganlar orasida
o‘z joniga qasd qilish va boshqa salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazadi;

– iqtidorli va qobiliyatli o‘quvchilarni aniqlash va ularni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi;

– muassasa kutubxonachisi bilan birgalikda o‘quvchilarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish yuzasidan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazadi;

– o‘quvchilar va ularning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan sog‘likni muhofaza qilish, yo‘l transport xavfsizligi
va boshqa baxtsiz xodisalarni oldini olish yuzasidan tadbirlarni tashkil etadi;

– o‘quvchilarning mazkur Ustav va ichki-tartib qoidalarida, odob-axloq qoidalarida belgilangan me’yorlarga amal qilinishi ustidan nazorat qiladi;

– o‘quvchilarning Ustavda belgilangan o‘quvchi formasida kelishlari, o‘quv qurollarini to‘liq olib kelishlari yuzasidan nazorat o‘rnatadi;

– qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

72. Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolati doirasida quyidagi lavozim vazifalarini bajaradi:

– direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari umumta’lim muassasasi direktorining tavsiyasiga ko‘ra tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining mudiri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

– ta’lim muassasasi binolarining texnik holatiga, ya’ni saqlanishiga, barcha moddiy boyliklar (inventarlar, turli o‘quv ko‘rgazmali jihozlar)ning saqlanishiga javobgardir.

– ta’lim muassasasidagi xo‘jalik ishchilarini nazorat qilish, har oyda ishchi-xodimlarni ishga kelganligi xaqida tabel tayyorlaydi;

– moddiy tovar boyliklarning (muassasaga olib kelingan inventarlarni, xo‘jalik va kanselyariya mollarini kirim qilish, ularni o‘z vaqtida tarqatish, ro‘yxatdan chiqarilgan moddiy boyliklarni chiqim qilish) aylanma qaydnomasini yuritadi;

– har o‘quv yili boshlangunga qadar barcha jihozlarni ta’mirlash, har bir sinf xonasini, fan kabinetlarini, laboratoriyalarni ta’mirlash, jihozlash, yangi o‘quv yiliga taxt qilib, ro‘yxat bo‘yicha jihozlar, mebellarni sinf rahbarlariga, kabinet mudirlariga, laboratoriya mudirlariga belgilangan tartibda (topshirish-qabul qilib olish dalolatnomalari tuzilgan holda) topshiradi va o‘quv yili yakunlanganda ularni butun holatda qabul qilib oladi;

– kommunal to‘lovlar (gaz, suv, elektr va issiqlik energiyasi) bo‘yicha hisoblagichlarni kundalik ko‘rsatkichlarini olib, tahlil qilgan holda, byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan tejamkorlik bilan foydalanishni tashkil qiladi;

– telefon tarmoqlaridan foydalanishda, aloqaning uzluksizligini, sifatini nazorat qilish hamda aloqa buzilgan hollarda hududiy telefon tarmoqlari bo‘linmalariga xabar berib, aloqani tiklash choralarini ko‘radi;

– ta’lim muassasasining sanitariya holatini talablar darajasida bo‘lishida farroshlar, binoni qo‘riqlashda qorovullar, atrof-muhitni obodonlashtirishda texnik xodimlar ishini muvofiqlashtiradi;

– bir yilda bir marta jamoat komissiyasi bilan birgalikda moddiy boyliklarni turlari bo‘yicha xatlov (inventarizasiya)dan o‘tkazadi;

– muassasada ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etadi;

– kuz-qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga asosan issiqlik bosimining yetarli darajada bo‘lishini, uning davomiyligini, issiqlik yetarli darajada bo‘lmagan kunlarda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga ma’lum qilish hamda ushbu kunlarni ro‘yxatga olib, xalq ta’limi tuman (shahar) bo‘limlarining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriyasiga issiqlik uchun to‘lab beriladigan mablag‘larni qayta hisob-kitob qilishi haqida ogohlantiradi;

– kuz-qish mavsumiga muassasa binosi tomlarini, oyna va romlarini, isitish tizimini, kanalizasiya quvurlarini ta’mirlab, tayyor holga keltiradi;

– yakka tartibda isitiladigan ta’lim muassasalarida qattiq va suyuq yoqilg‘i materiallarini vaqtida yetkazish va sifatli saqlash, ularni belgilangan miqdorlarda sarflash hamda isitish tizimini optimal darajada ishlashini ta’minlaydi;

– yong‘in xavfsizligi asboblarini yetarli darajada bo‘lishini nazorat qiladi.

– o‘zlarining voyaga yetmagan farzandlari uchun ta’lim shakllarini umumiy ta’lim muassasasi turi va o‘qish tilini tanlash;

– ta’lim muassasasi ma’muriyatidan maktab Ustavi asosida shart-sharoitlar yaratilishini, bolaga xurmat bilan munosabatda bo‘lishini talab qilish;

– ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarishda hamda o‘quvchilarning manfaatlariga taalluqli masalalar muhokama qilinayotganda, ushbu muhokamada qatnashish huquqiga egadirlar.

5 -bob . Umumta’lim muassasasi o‘quvchilari uchun yagona maktab formasiga qo‘yiladigan talablar

75. O‘quvchilar tomonidan yagona maktab formasini kiyishda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:

– kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi;

– qizlar uchun yubkaning uzunligi tizzadan 5-15 santimetr pastda bo‘lishi;

– o‘g‘il bolalar uchun shimning uzunligi oyoq to‘pig‘idan pastda bo‘lishi;

– oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland bo‘lmasligi;

– ko‘ylakning eng yuqoridagi faqat bitta tugmasidan tashqari boshqa tugmalarining qadalgan bo‘lishi;

– kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi.

76. O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno.

77. O‘quvchilarning maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilmaslik ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzish deb baholanadi va bunday o‘quvchilarga quyidagi choralar qo‘llanishi mumkin:

kundalik daftarga qayd etish;

tushuntirish ishlarini olib borish uchun ota-onasini xabardor qilish;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ta’lim muassasasidagi yig‘ilishlarda ota-onalar ishtirokida muhokama qilish.

78. O‘quvchilarning ta’lim muassasasiga maktab formasida kelishlarini ta’minlash uchun ota-onalar mas’ul hisoblanadi.

79. Ta’lim muassasasida o‘quvchilar tomonidan maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilinishi ta’lim muassasasi rahbariyati, sinf rahbarlari, yoshlar yetakchisi va pedagog xodimlar tomonidan nazorat qilib boriladi.

80. Pyedagog xodimlar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz, klassik-rasmiy uslubdagi kiyim va pardoz (erkaklar: kostyum-shim va galstuk, oq (yoki oqish) rangdagi ko‘ylak, soch va soqol olingan; ayollar: kostyum-yubka, oq (yoki oqish) rangdagi kofta, soch turmaklangan, o‘ta qimmatbaho zeb-ziynatlarsiz)da yurishlari lozim.

4 -bob. Yakuniy qoidalar

91. Umumta’lim muassasasining xalqaro hamkorligi xalqaro shartnomalar asosida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlarning malaka oshirishi hamda stajirovka o‘tashi shaklida amalga oshiriladi.

92. Umumta’lim muassasalari o‘quvchilarning ota-onalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa ta’lim muassasalari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan uzviy aloqada faoliyat ko‘rsatadi.

93. Umumta’lim muassasalarida ularning ish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tashkilotlar, jumladan siyosiy partiyalar va harakatlar tashkil etilishiga va faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

94. Umumta’lim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish qonun talablariga muvofiq muassis (ta’sischi) tomonidan amalga oshiriladi.

Tugatilgan umumta’lim muassasasi muassisi (ta’sischisi) o‘quvchilarni ota-onalarning roziligi bilan boshqa umumta’lim muassasalariga o‘tkazish mas’uliyatini oladi.

95. Umumta’lim muassasasi tugatilgan taqdirda uning pul mablag‘lari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash bo‘yicha to‘lovlar chegirilgan holda, qonun hujjatlariga va umumta’lim muassasasining amaldagi Ustaviga muvofiq foydalaniladi.

96. Umumta’lim muassasasining amaldagi Ustavini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining yuristi bilan kelishilgan holda qayta amalga oshiriladi.

97. Mazkur Ustav talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

Baland poshnali oyoq kiyim va bosh og‘rig‘i o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

Kun davomida tik turish va yurish hisobiga oyoqlar zo‘riqadi. Chiroyli ammo noqulay poyabzal esa muammoni yanada jiddiylashtiradi. Og‘riqning takrorlanishi esa shunchaki o‘tib ketmasligi, butun tana, shuningdek, miya faoliyatiga ham ta’sir qilishi mumkin. Vaqtida e’tibor berilmaslik esa jiddiy oqibatlarga olib keladi.

Foto: Getty Images

Nima uchun oyoq kaftining salomatligiga befarq bo‘lmaslik kerak?

Oyoq kafti odamning og‘irligini ko‘taradi, gavdani muvozanatda bo‘lishini ta’minlaydi va organizmni turli jarohatlanishlardan saqlaydi. Baland poshnali yoki aksincha tag qismi haddan ortiq tekis va uchli bo‘lgan poyabzallarda yurish hamda harakatlanish qiyinchilik keltirib chiqaradi. Noto‘g‘ri zo‘riqish hisobiga oyoqda muammolar paydo bo‘lishi, o‘z vaqtida zarur choralar ko‘rilmasa, kuchli deformatsiyaga olib kelishi mumkin.

Yassi oyoqlik eng ko‘p tarqalgan patologiyalardan biri hisoblanadi.

  • oyoq bo‘g‘imlari deformatsiyasi;
  • belda og‘riq;
  • varikoz;
  • umurtqa pog‘onasining qiyshayishi.

Foto: Getty Images

Qanday oyoq kiyimlardan voz kechgan yaxshi?

Travmatolog-ortopedlar zo‘riqishni 5-6 karra ko‘paytirgani sabab ham baland poshnali oyoq kiyim kiyishni tavsiya qilmaydi. Keltirib chiqaradigan og‘riq va noqulayliklar yassi oyoqlikning rivojlanishiga ta’sir qiladi. Tasavvur qiling: har gal qadam bosganda zarbli to‘lqin oyoq uchidan umurtqa pog‘onasining bo‘yin qismigacha tarqaladi. Uning kuchini hisoblash oson: vaznning uchdan ikki qismi kun davomida tashlangan qadamlar soniga ko‘paytiriladi. Odatda 2-3 foiz zo‘riqish bosh miyada kuzatiladi.

Poshnali tufli sabab oyoqning tovon qismi odatdagidan boshqacharoq harakatlanadi va zo‘riqadi. Bunda har qadamda miyaga ko‘proq zarb bo‘ladi va tabiiyki boshda og‘riq paydo bo‘ladi. Tizzalarga og‘irlik tushadi va artroz kelib chiqish xavfi yuqori bo‘ladi. Noto‘g‘ri oyoq kiyimdan foydalanganda umurtqa pog‘onasining pastki qismida surunkali og‘riq paydo bo‘ladi.

Mutaxassislar uggi va baletka kiyishni ham tavsiya qilmaydi. Ingichka tagcharmdan tikilgan poyabzalda harakatlanganda tovonga qo‘shimcha yordam bo‘lmaydi. To‘g‘ri himoya bo‘lmagani hisobiga oyoq, tos, bel mushaklari zo‘riqadi, oqibatda yassi oyoqlik, suyaklar artrozi, yallig‘lanish va umurtqa pog‘onasidagi og‘riqlar rivojlanadi.

Obrazni o‘ziga xos ko‘rsatgani bilan uchli tuflilar ham salomatlik uchun zararli hisoblanadi. Gap shundaki, ortiqcha zo‘riqish sabab oyoq kafti barmoqlaridagi qon aylanishi yomonlashadi. Shu sabab ham oyoq kiyimni to‘g‘ri o‘lchamdagisini tanlash kerak. Kunning ikkinchi yarmida oyoqlar shishgani sabab ham poyabzalni kechqurun kiyib ko‘rib, xarid qilish tavsiya qilinadi.

Simptomlar namoyon bo‘lganda nima qilish kerak?

Noqulaylik, og‘irlik va og‘riq oyoqlar zo‘riqayotganidan darak beruvchi alomat sanaladi. Ular paydo bo‘lganda avvalo garderobdagi poyabzallarni ko‘zdan kechirish kerak. Ortopedlar 2-4 sm balandlikdagi, old qismi keng hamda bog‘ichli modellarni tanlashni maslahat beradi. Shuningdek, oyoq kaftini anatomik to‘g‘ri holatda bo‘lishini ta’minlovchi, og‘riq va charchoqni kamaytiruvchi ortopedik pataklar ham yaxshi samara beradi. Har bir odamning oyoq kaftidan kelib chiqib yasalgan individual pataklar esa yanada yaxshi samara beradi.

Vaqtida e’tibor berilsa, salomatlikdagi muammolarni bartaraf qilsa bo‘ladi. Ammo buning uchun befarq bo‘lmaslik va o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilish kerak. Yaxshi mutaxassis tashxisdan kelib chiqib individual davo choralari va ijobiy natijaga erishish uchun strategiya tuzib beradi.

  • Mo‘rtlashmasin desangiz: Suyaklar mustahkam bo‘lishi uchun qanday ovqatlanish kerak?
  • Kundalik hayotda bo‘g‘imlarga zarar keltiradigan 5 ta odat
  • Suyaklar uchun foydali bo‘lgan 5 ta tabiiy mahsulot

Poyabzal bilan bog’liq muammolarni hal qilishga qodir 6 maslaxat

Biz uy sharoitida oyoq kiyim bilan bog’liq bo’lgan noqulayliklarni bartaraf etish yo’lini siz bilan bo’lishamiz.

1. “G’irchillaydigan”poyabzal

Agar yangi olgan poyabzalingiz qadam tashlashingiz mobaynida g’irchillagan tovush chiqarib asabingizga tegsa bolalar upasidan foydalaning. Uni poyabzalning patakiga yoki bo’lmasa tagiga sepib qo’yishning o’zi sizni muammodan halos etadi.

Poyabzaldagi nohush hidni ketkazish uchun ishlatilgan qora choy paketchasini uni ichiga solib qo’ying. Ertasi kuni hid ketganiga guvoh bo’lasiz.

3. Ifloslangan oppoq keda

Oppoq poyabzal kirlansa qanday qilib tozalash mumkin? Osh sodasini idish-tovoq yuvish vositasi bilan aralashtiring. Shotka yordamida poyabzal ustini tozalang. Kedangiz yangidek bo’lib qoladi.

4. Baland poshnali oyoq kiyimdan keyingi og’riq

Oyoqlar tez baland boshnadan charchab qolayotgan bo’lsa, quyidagi usulni sinab ko’ring: oyoqning nomsiz barmog’iga plaster yopishtirib oling. Nima uchun deysizmi? Ushbu barmoqda nerv to’qimasi mavjud bo’lib, bog’lab olish orqali unga bo’lgan bosim kamayadi. Siz esa poshnada o’zingizni qulay his etasiz.

5. Xiralashib qolgan poyabzal

Charm tufliyingiz yetarlicha yaltiramay qolsa, uni badan uchun mo’ljallangan losyon bilan tozalang. Bu orqali siz poyabzalingiz jilolanishiga yordam berasiz.

6. Juda tor poyabzal

Bir oz oyoqni siqib turgan poyabzalni qanday qilib tez fursatda kengaytirish mumkin? Paypoqni namlab poyabzalni kiying. Hona ichida bir necha daqiqa aylaning. Natijani o’zingiz seza boshlaysiz.

Qiziqarli malumotlar
Baland poshnali oyoq kiyim va bosh og‘rig‘i o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor