BALALAYKA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BALALAYKA haqida malumot bilib oling.

BALALAYKA — uch torli, hamma torlari baravar chertib chalinadigan rus xalq musiqa asbobi. 18-a. boshida paydo boʻlib, rus xalqi orasida keng yoyilgan. Balalaykadan yakkanavozlik va ansambllarda, qoʻshiq hamda raqslarga joʻrnavozliqda foydalaniladi. 19-a. oxiridarus musiqachisi, mohir balalaykachi V. V. Andreyev hamkorligida soz ustalari F. Paserbskiy va N. Nalimovlar xalq Balalayka sini qayta ishlab, kattakichik turlarini yaratgan (B.-prima, B.-sekunda, B.-alt va h. k.). Mazkur sozlar guruhi asosida rus xalq cholgʻu asboblari orkestri tashkil etilgan.

Ensiklopediya.uz
BALALAYKA