Baktazon — antibiotik vosita. to’liq malumot oling

Baktazon — antibiotik vosita. to’liq malumot oling

?Baktazon — antibiotik vosita.

#Baktazon antibiotik

#Бактазон антибиотик

?Dori shakli :

Eritma tayyorlash uchun kukun ko’rinishida.

?Tarkibi:

Sefoperazon , sulbaktam

Sefaprazon — 1,0 gr .

Sulbaktam — 0,5 gr .

?Ta’sir qilishiga ko’ra :

Antibakterial , antibiotik.

Sefalosporinlar guruhining 3 — chi avlodi.

?Qo’llanilishi

— Mikroorganizmlar chaqirgan infeksiyalarda

— Nafas a’zolari infeksiyasi ( bronxit, pnevmoniya va boshqalar).

— Qorin bo’shlig’i infeksiyalarida

( peritonit, xolesistit, xolangit).

— Siydik yo’li a’zolari infeksiyalarida.

— Septitsemiya

—Meningitda

— Teri va yumshoq to’qima infeksiyalarida

— Suyak va bo’g’im infeksiyalarida.

— Kichik chanoq a’zolari yallig’lanishida.

— Endometritda ( bachadon infeksiyasida).

— Gonoreyada va boshqa jinsiy organlar infeksiyasida.

— Sepsis da.

?Qo’llash usuli va dozasi

Mushak ichiga va vena ichiga yuboriladi. Maksimal sutkalik qabul qilish dozasi 4 g .Sutkada qancha qabul qilishni kasallik holatiga qarab shifokor belgilaydi.

?Nojo’ya ta’siri

—Ko»ngil aynish ,qusish

— Bosh og’rig’i

— Teri toshmasi va teri qichishish xolati.

— Qonda leykotsitlar kamayishi ( leykopeniya).

— Gemoglobin va gematokrit ko’rsatkich tushib ketishi.

— Qon bosimi tushishi

— Vaskulit

— Gematuriya

— Ineksiya qilingan joyda og’riq ( mahalliy).

— Flebit.

— Diareya

?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar :

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda.

— Homiladorlik va emizish davrida.

?ESLATMA : Sefobaktam, zetron, sefaperazon sulbaktam , baktazon kabi antibiotiklarning tarkibi sefoprazon sulbaktam hisoblanadi.

Dorixona
Baktazon — antibiotik vosita.