Bahrom Matchonov haqida, oilasi, instagram, rasmlari
Bahrom Matchonov haqida, oilasi, instagram, rasmlari
DO`STLARGA ULASHING:
Bahrom Matchonov 1961 yil 23-aprel sanasida Xiva shahrida tug’ilgan.
U maktabdagi o’qishni tamomlab, Moskvadagi Butunrossiya davlat kinomatagrafiya oliygohida aktyorlik bo’yicha tahsil olgan.
Oliygohdagi o’qishni yakunlab Toshkent shahridagi «Ilhom» teatr studiyasida aktyor va xareograf sifatida ishlay boshlagan.
Keyinchalik u ushbu teatrda hamda Germaniyadagi Essen san’at maktabida yoshlarga tahsil bergan.
Bahrom Matchonov aktyor sifatida bugungacha 10 dan oshiq film va seriallarda suratga tushgan bo’lib, tomoshabinlarga asosan «Shaytanat» serialidagi Anvar hamda «Kichkina tabib» filmidagi Shavkat obrazlari bilan tanilgan.
Bu aktyor 2002 yilda Aqshga ko’chib ketgan va o’sha yerda yashay boshlagan. Amerikadagi faoliyati davomida u bir necha teatrlar o’rtasidagi xalqaro loyihalarda ishtirok etgan.
2006 yilda Bahrom Matchonovda saraton hastaligi aniqlangan. Aktyor ko’p yil bu kasallikdan aziyat chekkan hamda allohning inoyati bilan bu darddan halos bo’lib, butunlay sog’ayib ketgan.
Bahrom Matchonov 2018 yilga kelib yana aktyorlikka qaytdi va bir necha o’zbek filmlarida suratga tushdi.
Aktyorning shaxsiy hayoti haqida: Bahrom Matchonov birinchi marta o’zining kursdoshi, bizga tanish aktrisa Ra’no Kubayevaga uylangan. Ularni Ravshana ismli bir qizlari bo’lib, u hozirda Rossiyadagi taniqli aktrisalardan biri hisoblanadi.
Aktyorni ikkinchi turmushidan to’rt qiz farzandi bor.
Bugungi kunda 58 yoshdan oshgan Bahrom Matchonov oilasi bilan Aqshning Vashington shahrida istiqomat qiladi.
Bahrom Matchonov haqida, instagram, oilasi, rasmlari