BAHRIYLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BAHRIYLAR haqida malumot bilib oling.

BAHRIYLAR — Misrda hukmronlik qilgan ikki mamluklar sulolasidan birinchisi (1250 — 1390). Ayyubiylarni taxtdan tushirib, hokimiyatni egʻallagan. Bahriylar 1249-y. Misr sultoni Najmiddin Ayyub (1208 — 50) saroy quriqchilari qilish maqsadida sotib olgan turk asirlari boʻlib, dastlabki vaqtlarda Bahr annil (Nil daryosi)dagi orollardan birida yashaganlari uchun shunday deb atalganlar. Sulola vakillari: Al-Malik al-Muʼizz Oybek (1250 — 57), Al – Malik al-Mansur Ali I (1257 — 59), Al-Malik al-Muzaffar Qutuz (1259 — 60), AlMalik az-Zohir Beybars 1 (1260 — 77), Al-Malik as-Saʼiyd Barakaxon (1277 — 79), Al-Malik al-Odil Salomish (1279), Al-Malik al-Mansur Qalovun (1279 — 90), Al-Malik al-Ash-raf Xalil (1290 — 93), Al-Malik annosir Muhammad (1293 — 94, 1298 — 1308 va 1310 — 41), Al-Malik al-Odil Katbugo (1294 — 96), Al-Malik al-Mansur Lojin (1296 — 98), Al-Malik al-Muzaffar Beybars I (1308 – 10), Al-Malik al-Mansur Abu Bakr (1341), Al-Malik al-Ashraf Kuchuk (1341 — 42), Al-Malik annosir Ahmad 1 (1342), Al-Malik as-Solih Ismoil (1342 — 45), Al-Malik al-Komil Shaʼbon I (1345 — 46), Al-Malik al-Muzaffar Hajiy I (1346 — 47), Al-Malik annosir Hasan (1347 – 51, 1354 – 61), Al-Malik as-Solih (1351 — 54), Al-Malik alMansur Muxammad II (1361 — 63), AlMalik al-Ashraf Shaʼbon II (1363 — 77), Al-Malik al-Mansur Ali II (1377 — 81), Al-Malik as-Solih Hajiy II (1381 — 82), (1382 — 89 ylarda burjiylar sulolasi vakili Al-Malik az-Zohir Barquq sultonlik qilgan), Al-Malik al-Mansur Hajiy II (1389 – 90).

Ensiklopediya.uz
BAHRIYLAR