BAHORISTON TUMANI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BAHORISTON TUMANI haqida malumot bilib oling.

BAHORISTON TUMANIQashqadaryo viloyatidagi tuman. 1979-y. 10 apr. da tashkil etilgan. Viloyatning jan.-gʻarbida joylashgan. Muborak, Kasbi, Usmon Yusupov tumanlari b-n chegaradosh. Mayd. 1,93 ming km2. Axoliyey 30 mingdan ortiq kishi (2000). Bahoriston tumanida 3 qishloq fuqa-rolari yigʻini (Pomuq, Chamanzor, Chandir) bor. Markazi — Pomuq kishlogʻi.

Tabiati. Bahoriston tumani Qarshi choʻli zonasida joylashgan. Yer usti tekislik, qir va adirlardan iborat. Mutlaq bal. 400 — 500 m. Yozi uzok va issiq. Iyulning oʻrtacha t-rasi 28 — 29,5°, yanv. niki tekisliklarda —0,2° dan 1,9° gacha. Yiliga 190 — 200 mm yogʻin tushadi.

Aholisi, asosan oʻzbeklar; rus, tatar, arman, gruzin, ukrain va b. ham yashaydi. 1 km – ga oʻrtacha 16 kishi toʻgʻri keladi.

Xoʻjaligi. Bahoriston tumanida 8 kichik korxona mahsulotlar tayyorlash, taʼmirlash, sav-do-sotiq va ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Q. x. da sugʻoriladigan yerlar 26,1 ming ga, ekinzorlar 21,6 ming ga, shu jumladan 10,6 ming ga yerga paxta, 0,3 ming ga yerga sabzavot, 1,4 ming ga yerga beda, 0,2 ming ga yerga makkajoʻxori, 9,0 ming ga yerga gʻalla ekinlari ekiladi. Bahoriston tumanida 7 jamoa shirkat xoʻjaligi, 43 fermer xoʻjaligi bor. Shuningdek chorvachilik ham rivojlangan. «Oʻzbekiston» qorakoʻl-naslchilik xoʻjaligi (40 mingdan ortiq qoʻy-qoʻzi) mavjud. Tuman jamoa va shaxsiy xujaliklarida 13,9 ming qoramol, 129,5 ming qoʻy va echki, 16,5 ming parranda, 96 tuya bor (2000).

1999/2000 oʻkuv yilida 14 umumiy taʼlim maktabi, 1 biznes maktabi, 1 sport maktabi va 1 akademik litseyda 8 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oldi. 31 omma-viy kutubxona, 4 klub, 4 kinoteatr bor; 2 kasalxona, 5 feldsher-akusherlik punkti, 3 konsultativ diagnostika ambulatoriyasida 40 vrach, 200 oʻrta maʼ-lumotli tibbiy xodim ishlaydi. Key-ingi yillarda 600 oʻrinli tennis korti binosi, 5000 oʻrinli stadion, nuroniylar choyxonasi, «Supermarket» savdo doʻkoni, 422 oʻrinli maktab binosi, 150 oʻrinli dehqon bozori va b. qurildi. 1980-y. dan «Bahoriston haqiqati» tuman gaz. ch i kadi.

Ensiklopediya.uz
BAHORISTON TUMANI