Bahor shamoli (Abdulla Oripov sheri) to’liq malumot oling
Bahor shamoli
(Abdulla Oripov sheri)
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Bahor kelayotir, toza, musaffo.
Moviy kengliklarda o‘ynaydi shamol.
Daralar qo‘ynida zangor bir havo,
Tumanli shaharda yotmoqlik malol.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Qoyalar ko‘ksida shodmon, beqayg‘u,
Oniy umri bilan sollanar chechak.
Bahor, bu — eng toza shabbodadir bu,
Bahor, bu — eng toza shamoldir, demak.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Kengliklar bag‘riga uraman o‘zni,
Ko‘zimga ko‘ringay dilbar diyorim.
Go‘dak nafasidek yupatar yuzni,
Qish bo‘yi intizor kutgan bahorim.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Bahor-ku o‘tadi shamoldek shitob,
Mayli, o‘tajak u va o‘tar bo‘lsin.
Azizim, umringda havo bo‘lsin sof,
Umring shamollari muattar bo‘lsin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Sherlar
Bahor shamoli (Abdulla Oripov sheri)