“Bahor” salati
soglom.uz/tavsiya/bahor-salati/“Bahor” salati
DO`STLARGA ULASHING:
Zarur masalliqlar: kichikroq 1 ta karam, 2 dona bodring, 1 bog‘ rediska, 1 bog‘ shivit, 2-3 qoshiq o‘simlik yog‘i va ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar.
Tayyorlanishi: karam somoncha shaklida mayda qilib to‘g‘raladi. So‘ng idishga karam, mayda to‘g‘ralgan shivit va tuz solib, yaxshilab aralashtiriladi. Keyin bodring bilan rediska ham parrak shaklida to‘g‘raladi. Uning ustidan yog‘ yoki mayonez solib, barcha masalliq birga aralashtiriladi. Yog‘ yoki mayonez o‘rniga ta’bga ko‘ra suzma ham solish mumkin.
Yoqimli ishtaha!
Dilfuza AZIMOVA
Bahor salati