BAHOR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BAHOR haqida malumot bilib oling.

BAHOR — Toxaristondagi oʻrta asr shaharlaridan biri. Arab tarixchisi Qu-doma ibn Jaʼfarning maʼlumotiga koʻra, Bahor shahri Xulmdan 7 farsax (45 — 50 km) narida, choʻlda joylashgan. Bahorda suv faqat bir qudukdagina boʻlib, unga narvon bilan tushilgan. Samʼoniy (12-a.) Balx viloyatida Shobuxor qishlogʻini, Yoqut Hamaviy shu viloyatda Bahoriza qishlogʻini qayd etganlar, ularni Bahor bilan aynan bir deb hisoblash mumkin. «Bahor» atamasi bu yerda islom dinidan avval v i x a r a, yaʼni buddaviylar monastiri — ibodatxonasi boʻlganidan dalolat beradi. «Narvon bilan tushiladigan kuduq», yaʼni sardoba boʻlgan. Atamalardan biri tarkibidagi «sho» qad. «xsha» — «podshoh» soʻzidan, yaʼni «sho-hona vixara» turgan yer. Ikkinchisida — «za» qoʻshimchasi sugʻdcha «zay, zaya» — «joy, oʻrin, yer» maʼnosiga ega. Qiyos qiling: Toshkentda Novza mavzei — «yangi yer» deganidir.

Ensiklopediya.uz
bahor