BAHMANIYLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BAHMANIYLAR haqida malumot bilib oling.

BAHMANIYLAR — oʻrta asrlarda Hindistonda hukmronlik qilgan sulola. B. sulolasining asoschisi Hasan Zafarxon boʻlib, Abu Muzaffar Alouddin shoh nomi bilan taxtga chiqqan. Dastlab Gulbargani, keyin (1429-y. dan) Bidorni oʻziga poytaxt qilgan. Bahmaniylar davlati Dekan mulkdorlarining Dehli sultonligiga qarshi qoʻzgʻoloni natijasida vujudga kelib (1347), hukmronlik musulmon mulkdorlari qoʻliga oʻtdi va harbiy tu-zum joriy etildi. Yosh sultonlar Nizomshoh (1461 — 63) va Muhammadshoh Sh ning otalngʻi (regenti) va vaziri Mahmud Xovan davrida Bahmaniylar davlati anchagina qudratli edi. Mahmud Xovan asli Eron savdogarlaridan boʻlib, keyinchalik Bahmaniylar saroyida vazirlik darajasiga kutarilgan. Mulkdorlarniig oʻzaro ku-rashi, ayniqsa Vijayanagar davlati bilan doimiy urushib turishi natijasida Bahmaniylar zaiflashdi. 15-a. oxiri — 16-a. ningboshida Bahmaniylar davlati Bijopur, Golkonda, Bidor, Bsror va Ahmadnagar sultonliklariga ajralib ketdi.

Ensiklopediya.uz
BAHMANIYLAR