BADIIY ASAR MATNI TAHLILI ORQALI O QUVCHILARNING NUTQINI O STIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

BADIIY ASAR MATNI TAHLILI ORQALI O QUVCHILARNING NUTQINI O STIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

Badiiy asar tahlilida ijodiy yondashuvni tashkil etish omillari

Annotatsiya. Maqolada mantiqiy va obrazli tafakkurni shakllantirishda ahamiyatli sanalgan badiiy asar tahlilidagi ijodiy yondashuv omillarining afazalliklari haqida so`z yuritiladi.Badiiy asarni pedagogik texnologiyalar bilan tahlil etish asosida o`quvchilarning tasavvurini o`stirish,ularning mushtarak yoki farqli jihatlari xususida muayyan xulosalar chiqarish layoqatini rivojlantirishga doir ijodiy yondashuvlar bayon qilinadi.

Aннотация.В статье говорится о премуществах сравнительного изучения, которое считается важным в формировании логического и образного мышления. Излагаются подходы и методы,касающиеся развития способности учашихся делать выводы, заключения об общих и различных аспектах,роста вооброжения,фантазии на основе художественного произведения.

Annotation. The article discusses the benefits of creative approach to the analysis of fiction, which is important in shaping logical and figurative thinking. Creative approaches to developing students’ imagiration based on an analysis of the work of art with pedagogical technologies and developing the ability to draw certain conclusions about their similar or different aspects.

Bugungi kunda ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, interfaol metodlarni qo`llash ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir.Shu bois ham talim jarayonida muvofiq o`quv muhitini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan,o`qituvchi va o`quvchilar hamkorligi,o`zaro muloqoti,bir-biriga ko`rsatadigan ta’siri eng zamonaviy va milliy talablar asosida tashkil topishi kerak.Buning uchun birinchi navbatda,o`qituvchi ta’lim-tarbiya jarayoni oldiga qo`yilgan talablar, ta’limni tashkil etish va boshqarish tamoyillari hamda yo`llari, o`quvchini aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish usullari, u bilan hamkorlik qilish, muloqotga kirishish, sinfda ijodiy muhitni vujudga keltirish, o`quvchi faoliyatini aniq va to`g`ri baholay olish metodlari bilan qurollangan bo`lishi lozim.

Adabiyot fanini o`qitishda zamonaviy yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi.Jumladan, badiiy asarni tahlil etishda ko`pgina o`quvchilar, hattoki o`qituvchilarimiz ham oqsaydilar. Badiiy tahlil adabiy asarning hayotiy va badiiy mantig`i hamda estetik jozibasini anglashga yo`naltirilgan ilmiy faoliyatdir. Metodist olimnlar,xususan, A.Zunnunovning adabiy ta’lim metodlarini tasniflashga oid qarashlarida obrazlar, lavhalarni taqqoslash, asar yoki uning biror bo`limi qurilishi,uslub xususiyati, unda ifodalangan lavha va tabiat manzaralari, qahramonlarni qiyosiy o`rganish rejasini tuzish izlanish metodi; ikki yoki bir necha asarni mavzu bo`yicha, g`oyaviy, adabiy-nazariy, tarixiy-adabiy reja, sahnalashtirilgan nusxasi bilan taqqoslanishi tadqiqot metodi doirasida bajariladigan faoliyat turlari ekanligi ta’kidlanadi. Adabiy tahlilga shu tariqa ta’rif berilganda hodisaga xos deyarli barcha asosiy xususiyatlar qamrab olinadi, deyish mumkin.

Adabiyot darslarida asar matnini o`zlashtirish mumtoz adabiyot namunalarini o`rganishning eng muhim jihatlaridan. Tahlil qilinayotgan she’riy yoki nasriy asar mazmunini puxta o`zlashtirmay turib, uning tahliliga kirishish-foydasiz mashg`ulot. Chunki o`quvchi asar mazmunini atroflicha anglab yetgandagina uning badiiy tahlilini o`zlashtira oladi.

Xususan, badiiy asar qahramonlariga xos xususiyatlarni yoki asarning badiiy mohiyatini ochishga xizmat qiladigan metodlar sirasida “Anogramma”dan foydalanish ham ahamiyatlidir.

Ma’lum badiiy asarni o`rganishda va uni tahlil qilishda “Ikki qismli kundalik” texnologiyasini qo`llash ijobiy natija beradi. “Ikki qismli kundalik” texnologiyasi – bu pedagogik texnologiya bo`lib, yozma nutqni rivojlantiradi. Bu uslub o`qib chiqilgan mavzu bo`yicha tushunchalarni shaxsiy tajriba bilan bog`lashga imkon beradi. Maqsad esa o`rganilayotgan mavzuga qiziqish uyg`otish,mantiqiy fikrlash va yozma nutqni rivojlantirish. Masalan, Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini tahlil etishda quyidagicha yo`l tutiladi.

Muallif fikri

O`quvchi izohi

Agar bir qatla ko`rdi har sabaqni, Yana ochmoq yo`q erdi ul varaqni.

Farhod qaysi bir kitobni varaqlamasin,o`qigan har bir misrasi xotirasida saqlanardi. Unda quvvayi hofiza-yodda saqlash xusuaiyati bor. Ya’ni o`qilgan kitobni ikkinchi marta o`qishning zarurati yo`q edi.

O`qib o`tmak, uqib o`tmak shiri,

Qolib yodida safha-safha bori…

Farhod faqatgina o`qibgina qolmay, balki o`qilgan narsani uqishga intilardi. Olingan bilimidan o`zida xulosa chiqara olardi.

Bo`lib el anduhidin ko`ngli g`amnok,

Yaqo chokni ko`rib,ko`ksin qilib chok

Umumlashtirish

Farhod bolaligidan boshlab ijobiy xislatlarga ega bo`ladi. Undagi ijobiy xislatlar insonning baxti uchun kurash bilan bog`langan holda rivojlantiriladi.

Farhod juda aqlli, zehnli bola bo`lib o`sadi. Farhod-nihoyatda kamtar kishi. Bu xususiyat uning boshqa fazilatlarini yanada mujassamlashtiradi. U o`zini oddiy kishilardan biri, deb hisoblaydi va mazlum xalqni chin ko`ngildan sevadi.

Ijodkor yaratgan asl badiiy asarda doimo fikr bilan tuyg`u qorishib keladi. Yozuvchi hamisha yo nimanidir yoqlaydi yoki inkor qiladi. Ijodkor betaraf bo`lishi mumkin emas. Chunki chinakam badiiy asar inson tafakkuri va ruhiyatida betaraflik tugagandan so`ng yaratiladi. Adibning tuyg`ulari nechog`lik kuchli, ko`zi qanchalar o`tkir, tili qanchalik boy bo`lsa, o`quvchi uning asaridan shunchalik qattiq ta’sirlanadi.

Shu jihatdan ham badiiy asarni tahlil etish jarayonida “Kichik guruhlarda

ishlash” ham qo`l keladi. Bunda quyidagicha ish olib boriladi: Namuna:

А.Navoiyning “Farhod va Shirin” аsarini o`tishda mashg`ulotning borishi:

1-qadam: O`quvchilar she’riy misralarni umumlashtirish asosida “Kichik guruh”larga bo`linadilar (1-2-3-4).

2-qadam: Guruhlar mavzu doirasida o`z guruhlariga nom tanlab, izoh beradilar.

3-qadam.:Har bir guruhga savollar beriladi:

1-guruh uchun:

1.Tasavvuf qanday ta’limot? Javob: Musulmon olamida keng tarqalgan islom diniga asoslanuvchi buyuk ta`limot.

2.Nafsni yengish quroli nima? Javob: Ishq.

2-guruh uchun:

1.Qanday inson komil insondir? Javob: qalb pokligiga erishgan, yuksak ma`naviyayli, barkamol shaxs. Poklanish yo‘li – nafsni yengishdir.

2 Ishq nima? Javob: Inson qalbini ruhini poklashga xizmat qiladigan, uni Ollohga yaqinlashtiradigan barcha ezguliklar, pokliklar yig`indisi.

3-guruh uchun:

1.Navoiy insonnig nafsga munosabati haqida nima deb yozadi? Javob: “Nafs itin qilsang zabun olamda yo`q sendek shujo”.

2. “Farhod va Shirin” dostonidagi Boniy kim? Javob: Ko`ngilga ishq binosinisini qurgan va qurishni o`rgatgan piri komil.

4-guruh uchun:

1.Tasavvufning maqsadi nima? Javob: Insonni ruhiy, manaviy jihatdan paklash, ya`ni komil insonni taminlashdir.

2. Qoran kim? Javob: Ko`ngildagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklarini parchalash ilmini bildirgan murshid.

Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.

4-qadam: O`qituvchi tomonidan aniq reglament,intizom,hamjihatlik,o`zaro hurmat,qisqa va aniqlik bo`yicha ko`rsatmalar beriladi.

5-qadam: Kichik guruhlar o`z ishlarini “Тaqdimot”qiladilar.

6-qadam: Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.

7-qadam:Kichik guruhlar ishi baholanadi.

Bu metod orqali o`zlashtirish yaxshilanadi, barcha o`quvchilar mashg`ulotga jalb etiladi,muloqot ko`nikmasining rivojlanishiga olib keladi, badiiy asar matnini talqin eta olish, o`z-o`zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo`ladi.

Taqqoslash, qiyoslash metodi Q.Husanboyeva tomonidan esa alohida metod sifatida o`rganilib, unda qahramonlar hayoti va o`zaro munosabatlari misolida o`quvchilarning inson shaxsi va ichki dunyosini tadqiq qilish faoliyatini qamrab olishga urg`u beriladi. Badiiy asarlarni taqqoslash orqali o`quvchilarda muayyan xalq adabiyotidagi mushtarak g`oya va maqsadlarni ajrata bilish, ulardan turli davrlarga xos uslub yoki ijtimoiy tuzum, ideallarni farqlash malakalari shakllantiriladi. Masalan, ”Shum bola”dagi Qoravoy va “Sariq devni minib” dagi Hoshimjon, ”Kichkina shahzoda” yoki “Oq kema”asarlaridagi Bola, Mo`min chol hamda “O`g`ri” hikoyasidagi Qobil bobo obrazlarining tashqi va ichki portreti, hayot tarzi, boshidan kechirgan sarguzashtlaridagi mushtaraklik yoki farqli jihatlar shular jumlasidandir. Shuni ham ta’kidlash joizki, o`quvchiga beriladigan uy ishiga ketadigan vaqt shunday taqsimlanishi kerakki, unda qo`shimcha ravishda, albatta, axloqiy-ta’limiy mazmundagi muayyan bir adabiyotning ma’lum bir qismini o`qib, shu haqda fikrni yozib kelish imkoni qolsin. O`quvchining yozma fikrlari o`qituvchi tomonidan to o`qilayotgan asar tugagunga qadar yig`ib boriladi va ma’lum vaqtga belgilangan badiiy asarlar mutolaasining muhokammasi o`tkaziladigan ijodiy kunda tahlil qilinadi. Har bir asosli fikr uchun o`quvchiga ball qo`yiladi va ballarning umumiy soni hisoblanib, yuqori natija ko`rsatgan ikki-uch o`quvchi badiiy kitob bilan rag`batlantiriladi.

Ushbu jarayonlar badiiy asarlarning hayotiy qimmatini hali yaxshi anglamaydigan o`quvchini kitob mutolaasiga tayyorlashda asqotadigan, ruhiy tarbiyaga asoslangan dastlabki bosqich, xolos. Adabiyot ta’limidagi innovatsion texnologiyalarning, ular qanday bo`lishidan qat’i nazar, pirovard maqsadi bola qalbida so`z sezgisi va shu asosda so`z sevgisini barqaror qilish, kamol toptirish, o`quvchi shuurida o`zi ifodalagan fikrning mantiqiyligi hamda aniqligidan huzurlanishni tarbiyalash malakalarini shakllantirishdan iboratdir.

1.A.Zunnunov va boshqalar.Adabiyot o`qitish metodikasi. Toshkent. O`qituvchi, 1992, 70-sahifa.

2.Q.Husanboyeva. Adabiyot-ma’naviyat va mustaqil fikr shakllantirish omili. Toshkent. A.Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009.

3.ALisher Navoiy. ”Farhod va Shirin”. Toshkent. G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009, 79-bet.

4.Q.Yo`ldoshev, V.Qodirov, J.Yo`ldoshbekov Adabiyoit. 9-sinf darsligi.

Toshkent. ”O`zbekiston” nashriyoti, 2019.

BADIIY ASAR MATNI TAHLILI ORQALI O’QUVCHILARNING NUTQINI O’STIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

adabiy asar / folklor namunalari / muammoli savol-topshiriqlar / metod / usul / nutq o’stirish / nutq madaniyati / tasviriy ifodalar / badiiy-estetik did / o`xshatish / metafora / jonlantirish. / literary work / examples of folklore / problem-solving tasks / method / method / speech development / speech culture / figurative expressions / artistic and aesthetic taste / analogy / metaphor / animation

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xolida Gulomova

Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda o’qish uchun yuksak darajadagi adabiy asarlardan, folklor namunalaridan tanlash va badiiy asar tahlili orqali o’quvchilar hissiyotiga ta’sir o’tkazish, badiiy nuqni, nutq madaniyatini egallashlarini ta’minlash xususida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по наукам о Земле и смежным экологическим наукам , автор научной работы — Xolida Gulomova

BOSHLANG’ICH SINFDA O’QISH DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
ONA TILI FANINI O‘QITISHDA 6-SINF ONA TILI DARSLIGINING AHAMIYATI
SAVOD O’RGATISH DARSLARIDA O’QUVCHILARNING KREATIV QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA RASMLARNING O’RNI
O’QISH DARSLARIDA SHE’RIY ASARLAR MATNI USTIDA ISHLASH
BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHLARINING LUG`ATLAR BILAN ISHLASH JARAYONIDA KREATIVLIGINI OSHIRISH
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses how to influence students’ emotions through the selection of high-quality literary works, folklore samples and analysis of works of art for primary school reading, to ensure that they acquire an artistic point of view, a culture of speech

Текст научной работы на тему «BADIIY ASAR MATNI TAHLILI ORQALI O’QUVCHILARNING NUTQINI O’STIRISH»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

BADIIY ASAR MATNI TAHLILI ORQALI O’QUVCHILARNING NUTQINI

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti katta o’qituvchisi

Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda o’qish uchun yuksak darajadagi adabiy asarlardan, folklor namunalaridan tanlash va badiiy asar tahlili orqali o’quvchilar hissiyotiga ta’sir o’tkazish, badiiy nuqni, nutq madaniyatini egallashlarini ta’minlash xususida so’z yuritiladi.

Калит сузлар: adabiy asar, folklor namunalari, muammoli savol-topshiriqlar, metod, usul, nutq o’stirish, nutq madaniyati, tasviriy ifodalar, badiiy-estetik did,o’xshatish, metafora, jonlantirish.

This article discusses how to influence students’ emotions through the selection of high-quality literary works, folklore samples and analysis of works of art for primary school reading, to ensure that they acquire an artistic point of view, a culture of speech

Keywords: literary work, examples of folklore, problem-solving tasks, method, method, speech development, speech culture, figurative expressions, artistic and aesthetic taste, analogy, metaphor, animation

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning 2019- yil 29-apreldagi “O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5712-sonli Farmoni, 2018-yil 14- avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3907-sonli Qarori hamda ushbu sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosi boshqa fanlar qatori boshlang’ich sinf o’qish ta’limida ham muhim o’rin tutadi. O’qish darslarida kichik yoshdagi o’quvchilarning xalqimizning boy va qadimiy ma’naviyati, madaniyati, turmush tarzi, davr taraqqiyoti haqidagi tushunchalarini

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

boyitish orqali ularda nutq madaniyati va tildan maqsadiga muvofiq ravishda savodli foydalana olish ko’nikmasi shakllantiriladi. Bunda yozuvchi va shoirlar, dono xalqimiz yaratgan badiiy asarlarga tayaniladi. Negaki, badiiy asarlar jozibador tili va badiiy sujeti, voqealarining qiziqarliligi bilan o’quvchi e’tiborini o’ziga tortadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Badiiy asar matnida ilgari surilgan g’oya, tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish va nutq o’stirishda uning til xususiyatlarini tahlil qilish muhim ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

Tilning nutqdagi eng muhim qurilish materiali so’z va iboralar, tasviriy ifodalar sanaladi. Badiiy nutqda so’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari, iboralar, tasviriy vositalar keng qo’llanadi.

Badiiy asar syujeti, kompozitsion tuzilishi hamda fabulasining qiziqarliligi bilan o’quvchini o’ziga jalb qilishi tufayli mutolaa jarayonida asar voqealari “Endi nima bo’lar ekan? Keyin nima bo’ladi?” tarzida hayajonlanib kuzatiladi.

Shunday ekan, o’qish darsliklariga kiritiladigan har bir asar yuksak badiiyat namunasi bo’lmog’i lozim. Bundan kutiladigan maqsad shuki, o’quvchi darslikka kiritilgan har bir asarni bir marta o’qib qo’ymasin, uni qayta-qayta o’qib o’ziga manaviy-estetik ozuqa oladigan bo’lsin.

Buyuk ma’rifatparvar adib Abdurauf Fitrat: “Adabiyot qoidalari” qo’llanmasida: “Adabiyot – fikr, tuyg’ularimizdagi to’lqinlarni so’zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham xuddi shu to’lqinlarni yaratmoqdir”,- deb yozgan edi. Shu fikrlarga asoslanib ayta olamizki, boshlang’ich sinfda o’qiladigan badiiy asar, birinchidan, o’z ona tilimizni o’quvchilarga o’rgatish, nutqini o’stirish, ikkinchidan, badiiy asar tili orqali o’quvchilar hissiyotiga ta’sir o’tkazib ularni tarbiyalash, badiiy nuqni, nutq madaniyatini egallashlarini ta’minlash vazifasini amalga oshirishi kozda tutiladi.

Ta’limni tashkil etishning muvaffaqiyati, o’quvchilarning fan asoslarini egallashlarida nutqining boyiganlik darajasi til hodisasini va ularning nutqdagi vazifasini o’zlashtirishlariga bog’liq. Shunday ekan, boshlang’ich sinf o’qish darsliklariga tanlanadigan o’quv materiallariga e’tiborli bo’lmoq lozim.

O’qish uchun tavsiya etilgan asar qanchalik badiiy-estetik jihatdan yuksak maqomga va o’quvchi nutqini to’laqonli o’stirish imkoniyatiga ega bo’lmasin, uning tahlilida o’quvchining e’tiborini biz ko’zlagan maqsadga qaratadigan muammoli savol-topshiriqlar tizimi ishlab chiqilmas ekan, o’quvchini harakatga keltiradigan metod-usullar tadbiq etilmas ekan muvaffaqiyatga erishib bo’lmaydi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning asarning g’oyaviy asoslari va mavzusini, uning obrazlari, sujet chizig’i, kompozitsiyasi va tasviriy vositalarini tushunishlarini, bog’lanishli nutqining o’sishi (lug’atining boyishi va faollashishi)ni, tahlil davomida asarning estetik qimmati, badiiy jozibasini va asar mazmunini ongli idrok etishlarini ta’minlash, muallifning asosiy fikrini tushunibgina qolmay, o’quvchini muallif hayajonlangan voqeadan hayajonga solish asar tahlilida amal qiladigan muhim metodik qoidalar sanaladi.

O’quvchilarning nutqini o’stirishda, yuqoridagilar bilan birga, adabiy tushunchalarni shakllantirish ham muhim o’rin tutadi. O’quvchilar adabiy tushunchalarni o’rganish natijasida badiiy adabiyot san’atning bir turi ekanligi, uning hayot bilan aloqadorligini bilib oladilar.

Boshlang’ich sinflarda asar tahlilida badiiy til vositalari – sifatlash, o’xshatish, jonlantirish, mubolag’a va adabiy janr turlari – ertak, hikoya, masal, she’r, doston, maqol, topishmoq kabilar bilan amaliy ravishda tanishtiriladi.

Badiiy asar tilini tahlil qilish orqali o’quvchilarda o’z ona tiliga muhabbat hissi, badiiy asarni ongli o’qish ko’nikmasi o’stiriladi, asar g’oyasini chuqur idrok etishga zamin hozirlanadi, o’quvchilar nutqi rivojlantiriladi.

Qudrat Hikmatning «Ayamajiz» f3-sinf «O’qish kitobi» she’rida “Boralar qor kapalak”, “Bog’lar sokin mizg’ishar Misoli oq kapalak”, “Muz oynalar sovuq yeb” misralarida o’xshatish, jonlantirish; “Saxiy ona tabiat”, “quchog’ida havo sof” misralarida metafora, “Ayamajiz izg’iydi, Ko’chalarda tutoqib, Shox-shabbani tortqilar, Yalmog’izdek yutoqib” kabi misralarda o’xshatish, jonlantirishlar qo’llangan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Qudrat Hikmatning «Qish to’zg’itar momiq par» (4-sinf «O’qish kitobi») she’rida yuqoridagi badiiy vositalar yangi holatlarda yana o’zgacha joziba ko’rsatadi va bular o’quvchilarda shoir ijodiga qiziqish uyg’otadi. «Yerga serbar oq namat», «Pirpiratib ko^zini Avtobuslar o^tadi, Qahraton qish hovurni Mo^rkon kabi yutadi», «Tomlar kiydi oq qalpoq, Hovlilarda sep tepa Osmon elak nazdimda, Shahrimizga un separ “.

“Bumerang texnologiyasi”, “Arra” metodi kabi pedagogik texnologiyalardan foydalanish o’qish materiali – badiiy asar ustida amalga oshiriladigan ishlarning aniq maqsadga yo’naltirilishini, o’quv harakatlarining bosqichma-bosqich tashkil etilishini, ta’lim oluvchilarga individual yondashishni, o’quvchilar faoliyatini kuzatish va tezkorlik bilan baholashni ta’minlaydi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 j ISSUE 9 j 2G21

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2G21: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2G2G-21: G.89

“Агга” metodida o’rganilayotgan badiiy matn tarkibiy qismlarga ajratiladi. Bu texnologiya 4-sinfda “O’qish kitobi” darsligiga kiritilgan barcha asarlarni o^ganishga tadbiq etilishi mimkin. Masalan, “Shaxzodaning bolaligi” hikoyasi o’rganiladigan darsda asar dastlab audiodan eshittiriladi. Asar 4 qismga bo’linadi. Sinf o’quvchilari ham 4ta kichik guruhga bo’linadi. Har bir guruhga o’qiydagin qismi belgilab ko’rsatiladi. Har bir guruh uchun bir xil topshiriq beriladi:

1-topshiriq. O^qigan qismlarining mazmunini toliq gapirib berishga tayyorlanish.(Guruhning har bir a’zoisi bu topshiriqni bajarishga tayyorlanadij

So’ngra guruhlar qayta tashkil qilinadi. Har bir guruhda oldingi guruhdagi bitta mutaxassis o’quvchi bo’ladi. Ular arra tishlari ketma-ketligida mavzuni – asar mazmunini mantiqiy ketma-ketlikda o’rtoqlariga hikoyalab beradi.

2-topshiriq: Har bir guruh asar yuzasidan berilgan quyidagi savollarga javob tayyorlaydi:

1. Malika Oychechak Kuzbor Malikka nima uchun o’g’li Jaloliddinni ayamasdan tarbiya qilishni topshirdi?

2. Kuzbor Malikning Jaloloddinga chavandozlik sirlarini o’rgatishining sababini izohlang.

3. Kuzbor Malikning Jaloloddinga o’q otish sirlarini o’rgatishining sababini izohlang.

4. Asar nima uchun to’rt qismga bo’lindi?

3-topshiriq. Asar qahramonlariga baho berish yuzasidan berilgan quyidagi topshiriqlarni bajarish va taqdimotga chiqish:

1. Malika Oychechak qanday ayol ekan? Unga malika va ona sifatida baho bering.

2. Kuzbor Malik qanday chavadoz va mergan ekan? Malikning malika Oychechakka munosabatida qanday xususiyatlarini payqadingiz.

3. Jaloloddin Kuzbordan nimalarni o’rgandi? U qanday shahzoda bo’lib yetishdi? Siz Jaloliddin haqida yana nimalarni bilasiz?

4-topshiriq. Nutq madaniyatini egallashga qaratilgan topshiriqlar:

1.Kuzbor Malikning Malika Oychechakka ko’rsatgan ehtiromlarini ifodalagan so’z va iboralarni aniqlab, lug’at daftaringizga yozing va taqdimotga chiqing (ehtirom ila bosh egdi, tiz choлkdi, buyuring, sadoqat ila, siz buyuk Xorazmshoh rafiqasi, men qulingizman, e^tirozga og^izjuftlamoqchi boldi, bosh ustiga, ta^zim ila).

2. Malika Oychechakning Kuzborga ko’rsatgan ehtiromini ifodalovchi so’z va iboralarni aniqlab, lug’at daftaringizga yozing va taqdimotga chiqing (yonidan joy ko^rsatdi, og^a, o^tiring, minnatdorchilik bilan unga qaradi, uniyuz-xotir qilmang).

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

4. Malika Oychechakning onalik tilaklarini ifodalovchi so’z va iboralarni aniqlab, lug’at daftaringizga yozing va taqdimotga chiqing (injiq-tantiq shahzoda bolmasin, chinakam bahodir yigit bolsin, alp yigit bolsin, zehni o^tkir, Jaloliddin valiahd, bugundan shogirdingiz, oлquvchingiz)

O’quvchilar topshiriqlarni bajarish uchun asarni bir necha marta o’qiydi, o’qish ko’nikmalari takomillashadi. Asar mazmunini qayta hikoyalashda yuqorida aniqlagan so’z va iboralarni nutqida qo’llaydi, ular o’quvchining lug’at boyligiga aylanadi.

Matn ustida ishlash tarbiyaviy xulosa chiqarish bilan yakunlanadi. Bunda asar qahramonlariga tavsif beriladi, bu orqali o’quvchilar o’zlariga hozirgi davr nuqtai nazari bilan yondashadilar: har bir yigit ajdodlari kabi alp yigitlar, bahodir yigitlar bo’lib yetishishlari uchun harbiy bilimlarni egalamoqliklari kerak degan xulosaga keladilar.

Musobaqa tashkil qilish:

1. “Ifodali o’qish” musobaqasi. Hikoyaning bir qismi ifodali o’qitiladi.

2. “Eng yaxshi hikoyachi” tanlovi. Asar matniga yaqinlashtirib qayta hikoyalash.

K. D. Ushinskiy qayd etganidek, to’g’ri qo’yilgan masalaning o’zi yarim javobdir. Shunday ekan, tahlildan ko’zlangan maqsad va uni amalga oshirish yo’li aniq bo’lmog’i lozim.

1. Узбекистан Республикаси Президентининг 2019 йил 29 апрелдаги “Узбекистан Республикаси Хал; таълими тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиклаш тугрисидаги ПФ – 5712- сонли Фармони. КДММБ: 0619/5712/3034-co^ 29 04.2019 й.

2. Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 4 jild. -T.: Ma’naviyat. 2006.

3. S.Matchonov, H.Bakiyeva, X.G’ulomova, Sh. Yo’ldosheva, G.Xolboyeva. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’ qitish metodikasi. -T. : Hamkor ishonch. 2021.

4. Umarova M. va b. O’qish kitobi. -T.: O’qituvchi. 2019.

5. Matchonov S. G’ulomova X. va b. O’qish kitobi. Yangiyo’l poligraf servis. 2020.

Qiziqarli malumotlar
BADIIY ASAR MATNI TAHLILI ORQALI O QUVCHILARNING NUTQINI O STIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»