Badan tarbiya haqida
Badan tarbiya haqida
DO`STLARGA ULASHING:
Biz materialistlar — quvnoq kishilarmiz, biz — sog‘lom odamlarmiz, binobarin, jismoniy tarbiyaning ulkan mohiyatini yaxshi his qilamiz.
A. N. LUNAChARSKIYGimnastika, jismoniy mashqlar, piyoda yurish mehpat qobiliyatini va salomatligini saqlab qolmoqchi bo‘lgan, chinakam va shodmon hayot kechirishni xohlagan har bir odamning kundalik turmushidan mustahkam o‘rin olmog‘i lozim.
GIPPOKRATSalomatlikni saqlash hamda har turli kasalliklarning ol-dini olishda badantarbiya va harakatdan yaxshi vosita yo‘q.
M. Ya. MUDRON…Har kungi zaruriy gimnastikani kanda qilma, o‘zingni majburlab bir necha o‘n martalab (muttasi) har xil harakatlar qil! Bu juda muhimdir.
V. I. LENINHayot harakatni talab qiladi.
PLUTARXHarakat — hayot xazinasi.
ARASTUMen harakatni keksayishga qarshi kurashniig eng samarali vositasi deb bilaman.
V. V. GORINEVSKIYHarakat ta’sir jihatdan har qanday dorining o‘rnini bosishi mumkin, lekin dunyodagi jamiki dori-darmon harakatchalik ta’sir ko‘rsatolmaydi.
T. TASSOHarakat hayotdir, harakatning kamayishi hayotiy jarayonlarni susaytiradi.
V. V. GORINEVSKIYJismoniy mehnat qilmaslik, harakatsiz, faqat aqliy mehnat bilan shugullanish — g‘am-tashvish keltiradi.
L. N. TOLSTOYMutanosiblikni saqlash, go‘zal va soglom bo‘lish uchun faqat fan va san’at sohasidagi bilimlarning o‘zi kifoya qilmaydi, buniig uchun umr bo‘yi badantarbiya va gimnastika bilan shugullanish talab etiladi.
AFLOTUNJismonan baquvvat odamgina yaxshi hayot kechiradi.
M. I. KALININJismoniy go‘zallik hamisha soglomlik, jo‘shqin g‘ayrat haqidagi tushuncha bilan uyg‘unlashib ketadi.
L. N. TOLSTOYTo‘g‘ri aql-idrokli bo‘lishni istagan odam o‘z tanasini parvarish qilib turishi kerak.
R. DEKART
Ruh qal’asini saqlab qolish uchun jism qal’asini mustahkamlash zarur.
V. GYuGOSport ishonch-e’tiqod madaniyatini, tetiklik madaniyatini shakllantiradi.
A. V. LUNAChARSKIYGimnastika inson yogaligini uzaytiradi.
J. LOKKGimnastika tibbiyatning shifotbaxsh tarkibidir.
AFLOTUNYomgir daraxt g‘uborini yuvganiday, gimnastika ham badan g‘uborini tozalaydi.
GIPPOKRATTajriba shuni ko‘rsatadiki, gimnastika kishini erkin hara-kat qilishga o‘rgatish bilan birga, uni talay eski dardlardan ham forig etadi.
K. D. UShINSKIYBadantarbiya va o‘zni tiyish tufayli ko‘p odam tabobatga muhtojlik sezmaydi.
J. ADDISONO‘z vaqtida, me’yori bilan badantarbiya qilgan odamga dard yaqin yo‘lamaydi.
IBN SINOBadantarbiya bilan mashg‘ul bo‘linsa, hech qanday dori-darmonga zarurat qolmaydi,buning uchun muayyan bir tartibga rioya qilmoq ham shart.
IBN SINOBadantarbiya ko‘plab dori-darmonning o‘riini bosishi mumkin, lekin birorta dori ham badantarbiyaning o‘rnini bosolmaydi.
A. MYuSSEXotirani kuchaytirishning eng muhim sharti asablarning soglom bo‘lishidir. Buning uchun esa badantarbiya bilan shug‘ullanish lozim.
K. D. UShINSKIYGimnastika yordamida tana muvozanatini yanada yaxshilashni xohlayman.
SUQROTTana harakati aql harakatiga naqadar ta’sir ko‘rsatishini tasvirlash mahol.
PLINIYDaraxt shamolsiz, yomg‘irsiz, issiq va sovuqsiz ko‘karolmaydi, shular bo‘lmasa borib-borib qurib qoladi, xuddi shuningdek, inson tanasiga ham har xil harakat va jiddiy mashqlar zarur.
Ya. KOMENSKIYSalomatlik ham xuddi kasal-lik kabi yuqumlidir.
R. ROLLANAgar 30, 40 va hatto 5 yoshda badantarbiya bilan shug‘ullanmasalar, buni bekorchilik buyuk farog‘at hisoblangan o‘tmishdan qolgan bid’at deb tushunmoq kerak.
V. V. GORINEVSKIYBadantarbiyani tark etgan odam aksari xarob bo‘ladi, zero xarakatsiz qolgan a’zolarning quvvati zaiflashadi.
IBN SINOSog‘ligingda yugurmasang, og‘riganingda chop-chop qilasan.
GORASIYAqliy mehnatdan keyingi xordiq bekorchilik emas, balki jismoniy mehnatdir, bu faqat huzurbaxsh bo‘libgina qolmay koni foyda ham. Aqliy mehnatni jismoniy mehnat bilan almashtirib turish kerak.
K. D. UShINSKIYAsosiy dori-darmonlar — sof havo, sovuq suv, arra bilan bolta.
V. D. POLENOVSovuq suv shifo etadi, kasallikning oldini oladi, tanani chiniqtirib, ruhingizni tetiklashtiradi.
A. SELSSayr va cho‘milishdan keyin yoshargandek bo‘laman, eng muhimi, tana harakati bilan miyamni mashq qildirib, dam oldiraman.
K. E. SIOLKOVSKIYYurganim sayin fikrim tiniqlashadi. Bir joyda turganimda deyarli fikr yuritolmayman; tanam hammavaqt harakatda bo‘lishi kerak, ana o‘shanda aqlim ham harakatga keladi.
J. J. RUSSOHarakat va piyoda yurish miyaga turtki berib, fikrni ishga soladi.
J.J. RUSSOYurganimda tafakkurim tiniqlashib, fikrni ifoda etishning yana yaxshi usullarini topaman.
I. GYoTESalomatlik va a’zoyi-badanning har tomonlama kamolotsiz insonni to‘kis va go‘zal qiyofada tasavvur qilib bo‘lmaydi.
N. G. ChERNIShEVSKIYAqliy qobiliyatlarini iloji boricha ko‘proq saqlab qolish va to‘la-to‘kis hayot kechirishni xohlagan odamlar turmush tarzini to‘g‘ri tashkil qilishlari va gigiyena qoidalariga to‘la rioya etishlari lozim.
I. I. MEChNIKOVPalogat yoshpda amal qilinadigan oqilona gigiyena, nazarimda, organizmni tez qarishdan asraydigan eng yaxshi vositadir.
F. VURLERGigiyena inson rivojini yanada takomillashtirishi, tanazzulini sekinlashtirishi, hayotinp mustahkamlab, o‘limipi orqaga surishi lozim.
M. PETENKOFERInson organizmida rntmdan kuchli hukmron yo‘q. Hsch bir a’zo ritm izmidan chiqib ketolmaydi.
I. P. PAVLOVInson hayotining butun asosi — tabiat har bir kishiga in’om etgan ritmdan, nafas olishdan iborat.
K. S. STANISLAVSKIYOqpl odamning butun harakati o‘z organizmini ilma-teshik bo‘lib ketgan qayiqday yamab-tuzatishga sarf bo‘lmasligi kerak, aksincha, shunday yashash kerakki, organizm ilojp boricha kamroq zararlansin va binobarin, yamab tuzatishlarga iloji boricha kamroq duchor bo‘lsin.
D. I.PISAREVziyouz.uz
Badan tarbiya haqida