Backend Frameworklar «yulduzlari» tahlili

Backend Frameworklar «yulduzlari» tahlili

Backend Frameworklar "yulduzlari" tahlili

Jahongir aka kanalida GitHubda eng ko’p yulduzga ega backend frameworklar haqida rasm qo’yibdi. Lekin menga har doim total raqamlar emas, ko’proq trendlar qiziqroq. Shu sababli o’zgarish tarixini ozroq tahlil qilib chiqdim.

1. Django — 2018-yildan beri yetakchi bo’lib kelgan Laravelni shu oy ortda qoldirib birinchi o’ringa chiqqan.

2. Laravel — 2013-18 yillarda kuchli o’sish ko’rsatib 2018-yili yetakchilikni MeteorJS (!) dan olib qo’ygan. Undan keyin o’sish trendi biroz pasaygan

3. Spring Boot — o’yinga bor yo’g’i 2013-yilda qo’shilgan, lekin 2016-yildan hozirgacha juda kuchli o’sib 3-o’ringa chiqib olgan. Ammo joyini tez orada FastAPI ga bo’shatib berish ehtimoli yuqori

4. Fast API — eng kuchli o’sish ko’rsatgan freymwork. Jadvaldagi NVIDIA )

5. Flask — 2018-yilgacha yaxshi o’sib kelgan. Ammo undan keyin tezlik ancha pasaygan va tez orada NestJS va ExpressJS orqasiga o’tib oladi

6. NestJS — Fast API dan keyingi fenomen

7. ExpressJS — Ruby On Railsdan keyin GitHubda paydo bo’lgan klassik o’yinchi. Stabil o’sib kelyapti

8. Ruby On Rails — bozordagi eng klassik o’yinchi. Ammo 2017-18-yillarga kelib mashhurligini ancha yo’qotgan.

9. MeteorJS — 2 marta sakrab 1-o’ringa ko’tarilgan, ammo shu bilan qotib qolgan

10. KoaJS — kim o’zi bu? )

Jadvalni o’zim star-history.com orqali yasab chiqdim. Yaqindan ko’rmoqchi bo’lganlarga link qoldiraman. Foydalanishda mualliflikni hurmat qilasiz degan umiddaman.

Top 10 Backend Frameworks GitHub Star History

Manba:

Ta‘lim
Backend Frameworklar «yulduzlari» tahlili