Bachadondan tashqari homiladorlik Kasalliklar haqida
Mobil ilovani yuklab oling
Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.
Ektopik homiladorlik qachonki, embrion bachadonning ichki qavatidan boshqa joyga o’rnashgan holatida sodir bo’ladi. Bu hayot uchun xavfli asoratlarga olib kelishi mumkin.
Ko’pincha ektopik homiladorlikda embrion bachadon naylari (fallopiya nayi)ga o’rnashgan bo’ladi, ammo u tuxumdon yoki qorin bo’shlig’ida ham bo’lishi mumkin.
Bachadondan tashqari homiladorlik homilador ayol uchun halokatli hattoki, o’limga olib kelishi ham mumkin.
Masalan, bachadon naychasi yorilishi, jiddiy qon yo’qotish va shok holatiga olib keladi. Bunday holatda tez davolanish muhim. Biroq bunda embrionni saqlab qolib bo’lmaydi.
Bachadondan tashqari homiladorlik belgilari
Ektopik homiladorlikda dastlabki belgilar namoyon bo’lmasligi mumkin.
Bu belgilar quyidagilar o’z ichiga oladi:
- Qorin bo’shlig’ida og’riq — bu ko’pincha tos suyagining pastki qismida paydo bo’ladi;
- Vaginal qon ketish — qon hayz davridagi qonga nisbatan holati suyuqroq, ochroq yoki to’qroq rangdagi ajralma bo’ladi. U shuningdek, yopishqoqligi kam bo’lishi ham mumkin;
- Yelkada og’riq — bu holat ichki qon ketishini ko’rsatadi. Qon ketish diafragma nervini qo’zg’atib, sohada og’riq paydo bo’lishiga sabab bo’ladi;
- Hushdan ketish yoki kollaps — bu holat jiddiy qon yo’qotish holatidan so’ng kelib chiqishi mumkin.
Bachadondan tashqari homiladorlik asoratlari
Bachadondan tashqari homiladorlik davolanmasa va tez tashxis qo’yilmasa, homilador ayol hayoti uchun xavf tug’dirishi mumkin. Davolash homilani saqlab qola olmaydi.
Ayolda bo’lishi mumkin bo’lgan asoratlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Ichki qon ketish: bu shok va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Qachonki davolash kechiktirilganda, bu xavf ortadi.
- Bachadon (Fallop) naylarining shikastlanishi: bu kelajakda homilador bo’lishda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Odamdagi boshqa fallop naychasi yetarli darajada ishlahsi mumkin.
- Bitta fallop naychasini olib tashlash natijasida ham homilador bo’lish mumkin. Agar ikalasi ham olib tashlansa, odamlar uchun homilador bo’lishda in vitro urug’lantirish yagona imkoniyat bo’lib qoladi.
Xavfli omillari
Quyidagi omillar ayolda bachadondan tashqari homiladorlik yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin:
- Oldingi ektopik homiladorlik — avval ektopik homilador bo’lgan ayollarda holatning qayta kuzatilish xavfi yuqori bo’ladi;
- Yosh — ayol yoshi qanchalik katta bo’lsa, ektopik homiladorlik xavfi shunchalik yuqori bo’ladi;
- Infeksiya — bachadon naychalari, bachadon va tuxumdonda yallig’lanish va infeksiya bo’lishi ektopik homiladorlik xavfini oshirishi mumkin;
- Jinsiy yo’l bilan yuqadigan infeksiyalar — ba’zi jinsiy yo’l bilan yuqadigan infeksiyalar, shuningdek, gonoreya yoki xlamidiya kabilar yuqishi tos a’zolari yallig’lanish kasalliklari xavfini oshiradi. Tos a’zolari yallig’lanish kasalliklari esa, ektopik homiladorlik xavfini oshirishi mumkin;
- Chekish — bu ham xavfni oshirishi mumkin.
- Shikastlangan yoki noto’g’ri shakllangan bachadon naychalari — bachadon naychasi tuzilishida o’zgarish bo’lishi yoki uning noto’g’ri tuzilishi tuxum hujayralarining ular orqali harakatlanishini qiyinlashtirishi mumkin. Bu esa embrionning bachadondan tashqarida joylashish xavfini oshirishi mumkin;
- Oldingi jarrohlik — o’tmishda kesarcha kesish yoki miomani olib tashlash operatsiyasi bo’lgan bo’lsa, bu ektopik homiladorlik xavfini oshiradi.
Ushbu xavf omillar bo’lmaganda ham, odamda ektopik homiladorlik bo’lishi mumkin. Alida, ektopik homiladorlik deb tashxis qo’yilgan barcha odamlarning yarmida ma’lum bo’lmagan xavf omillari sodir bo’ladi.
Davolash
Bu variantlar homiladorlikning rivojlanishiga va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan asoratlarga bog’liq.
Jarrohlik — Ektopik homiladorlikni olib tashlash uchun laparoskopiya operatsiyasi qilinadi. Bu usul kindik ichida yoki uning yaqinida kichik kesma hosil qilib, kichik kamera va nozik asbobni kiritish jarayonini o’z ichiga oladi.
Agar ektopik homiladorlik bachadon naychasining yorilishiga olib keladigan bo’lsa, jarroh bu holatni bartaraf etish uchun shoshilinch operatsiya o’tkazadi. Agar buning iloji bo’lmasa, ular nayni olib tashlashadi.
Terapevtik davo — ektopik homiladorlikka erta tashxis qo’yilsa, dori-darmonlarga asoslangan davolash usuli ham variant bo’lishi mumkin.
Ektopik homiladorlikning alomatlari 4-haftada va 12-haftada boshlanishi mumkin. Muammoni tashxislash homiladorlik testlari, simptomlarni baholash va ultratovush tekshiruvini o’z ichiga olishi mumkin. Shifokorlarga o’tmishdagi ektopik homiladorlik haqida xabar berish muhim ahamiyatga ega. Bu shifokorlarga kelajakda homilador ayolda ektopik homiladorlik bor yoki yo’qligini tezroq aniqlashga yordam beradi.
Ushbu maqola ectopic.org.uk va medicalnewstoday.com ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.
Kasalliklar