BACHADON ICHI SPIRALINING AFZALLIKLARI haqida to’liq ma’lumot oling

BACHADON ICHI SPIRALINING AFZALLIKLARI haqida to’liq ma’lumot oling

✅BACHADON ICHI SPIRALINING AFZALLIKLARI

❗️BIS bir qator afzalliklarga ega, aynan shular uni ommalashib ketishiga sabab bo’lgan:

📌Ishonchli kontratseptsiya ta’siri (98%);
📌Uzoq muddatli ta’sir qilishi (3 yildan 10 yilgacha);
Iqtisodiy foyda;
📌Kontratseptiv tabletkalarni qabul qilish kerak emas, bu esdan chiqaruvchilar uchun ayniqsa qo’l keladi;
📌Mirena gormonal spirali davolash maqsadlarida kichik o’lchamdagi bachadon miomalari va 1 — 2 darajali genital endometriozda qo’llaniladi;
📌Kundalik nazorat talab qilmaydi;
📌Jinsiy aloqaga ta’sir qilmaydi;
📌BIS olib tashlangandan so’ng reproduktiv funktsiya (homilador bo’la olish) darhol tiklanadi;
📌Yosh onalar uchun ideal kontratseptiv vosita.

🛑BACHADON ICHI SPIRALINING KAMCHILIKLARI

‼️Barcha afzalliklarga qaramay, bachadon ichi kontratseptsiya usuli ham salbiy jihatlarga ega. Quyidagi nojo’ya ta’sirlar yuzaga kelishi mumkin:

📌Hayz ko’rishni kuchaytirish va / yoki uzaytirish;
📌Hayz paytida og’riq;
📌Menstruatsiyalar orasida qon ajralishlari;
📌BISning o’z-o’zidan tushib ketishi (ekspulsiya);
📌BISni kiritish paytida yoki taqish jarayonida bachadon perforatsiyasi;
📌Bitta doimiy jinsiy sherikni talab qiladi;
📌Tug’magan ayollarga spiral kiritish tavsiya etilmaydi;
📌Bachadondan tashqari homiladorlik xavfini oshiradi;
📌Kichik tos a’zolarining yallig’lanish kasalliklari xavfini oshiradi;
📌Har oy mustaqil nazorat qilishni talab qiladi;
📌Endometriyning to’laqonligini pasaytiradi, bu esa homiladorlik ehtimolini kamaytiradi.

Malumotlar
BACHADON ICHI SPIRALINING AFZALLIKLARI