Bachadon eroziyasi sabablari, alomatlari va davolash haqida malumot

Bachadon eroziyasi sabablari, alomatlari va davolash haqida malumot

Bachadon eroziyasi bu — bachadon bo’yni shilliq qavatining shikastlanishi. Shilliq qavatning normal holatini buzilishi fizik va kimyoviy omillar ta’sirida bo’lishi mumkin. Ba’zi hollarda farzand ko’rmagan ayollarda bachadon bo’yni eroziyasining sababi epiteliy rivojlanishidagi anomaliya bo’lishi mumkin. Kelib chiqish xususiyatini hisobga olgan holda kasallik haqiqiy eroziya va psevdo-eroziyani (ektopiya) turlariga bo’linadi.

Bachadon eroziyasi
Foto: doktor-a.com

Bachadon eroziyasi sabablari:

  • balog’at yoshidagi va homiladorlik paytida gormonal kasalliklar;
  • endokrin tizim patologiyasi;
  • immunitetning pasayishi;
  • metabolik kasalliklar;
  • jinsiy faoliyatning erta boshlanishi (16 yoshga to’lgunga qadar);
  • erta homiladorlik (18 yoshgacha);
  • jinsiy a’zolarning yallig’lanish kasalliklari;
  • jinsiy yo’l bilan yuqadigan infeksiyalar;
  • ko’p marotaba abort qilish.

Bachadon eroziyasining dastlabki belgilari va alomatlariga yengil qon ketish va jinsiy aloqa paytidagi og’riq kiradi. Biroq, ko’pincha dastlabki bosqichda patologiya hech qanday ko’rinishda o’zini namoyon qilmaydi

Bachadon eroziyasi asoratlari

Bachadon eroziyasi, birinchi navbatda, surunkali shaklga o’tishi bilan xavfli. Ikkinchidan, bachadon bo’yni eroziyasi ko’pincha displaziya va saraton kabi jiddiy kasalliklarni rivojlanishida «fon» bo’lib xizmat qiladi. Eng katta xavf bu haqiqiy eroziya bo’lib, uning rivojlanishi shilliq qavat hujayralarining tuzilishini buzilishiga va atipik patologiyalarning paydo bo’lishiga olib keladi. Ushbu jarayon rivojlanishi bir necha bosqichlariga ega.

Bachadon eroziyasi turlari

Haqiqiy eroziya, odatda, surunkali yallig’lanish kasalliklari va mexanik shikastlanish (jinsiy aloqa, tug’ruq, jarrohlik) natijasida yuzaga keladi. Shu bilan birga, mutaxassislar rivojlanishning bir nechta variantlarini ajratadilar: ektropion (servikal kanal shilliq qavatining burilib qolishi), bachadon bo’yni endometriozi, leykoplakiya, poliplar.

Ektopiya gormonal kasalliklardan kelib chiqadi. Psevdo-eroziyaning o’ziga xos xususiyati shilliq qavatining yaxlitligidir. Kasallikning asosiy alomati — bo’yin bachadon kanalining atrofi qizil halqa bo’lib,bir necha santimetrga teng holatda ochilishi. Ushbu holat maxsus davolanishni talab qilmaydi va 20 yoshga kelib u o’z-o’zidan o’tib ketadi.

Bachadon bo’yni eroziyasi alomatlari

Ko’p hollarda bachadon eroziyasi aniq alomatlarga ega emas va ginekologik tekshiruv vaqtida aniqlanadi. Kamdan kam hollarda ayollar o’zlari hayz ko’rish bilan bog’liq bo’lmagan kichik qon ketishiga e’tibor beradilar.

Klinik ko’rinishlari:

  • qorinning pastki qismida tortishadigan og’riq;
  • jinsiy aloqadan keyin eroziyadan qon ketishi;
  • jinsiy aloqa paytidagi og’riq;
  • a’zoda yonish yoki qichishish;

Ayolning umumiy ahvoli esa bunday holatlarda o’zgarishsiz qoladi.

Bachadon eroziyasini tashxislash

Ginekologik tekshiruvdan va anamnezdan so’ng shifokor bir qator qo’shimcha testlarni tayinlaydi: posev, mazok, sitologik tahlil, kolposkopiya, infeksiya uchun PCR testlar va biopsiya. Shundan keyingina yakuniy tashxis qo’yiladi. Shifokor davolanish kursini tayinlaydi va lazer yordamida eroziyani kuydirgandan keyin jinsiy aloqa qilish mumkinmi yoki yo’qligini aytadi.

Bachadon bo'yni eroziyasi
Foto: unimeds.ru

Sitologik tahlil — bu bachadon bo’yninig bir necha qismidan qirib olingan to’qimalar asosida olib boriladigan tadqiqot. Tahlil to’qimalarda sodir bo’layotgan jarayonlar to’g’risida aniq tasavvur beradi.

Kolposkopiya — bu mikroskop va maxsus reagentlar yordamida organni vizual tekshirish.

Biopsiya — kasallangan joyning strukturasini aniqlash uchun qo’llaniladi. Odatda, tahlil xavfni oldini olish uchun belgilanadi.

Bachadon eroziyasi — homiladorlik paytida

Homiladorlik paytida bachadon eroziyasining eng keng tarqalgan sababi gormonal muvozanat va jinsiy a’zoning surunkali kasalliklari bo’ladi. Patologiya odatda o’zini namoyon qilmaydi va ginekolog tomonidan tekshirilganda tashxis qo’yiladi. Bachadon bo’ynini ginekologik ko’zgularda tekshirgandan so’ng, shifokor bir qator testlarni tayinlaydi. Xrobak testi va kolposkopiya faqat alohida holatlarda tavsiya etiladi.

Tug’ruqdan keyin bachadon bo’yni eroziyasini qanday davolash kerakligini, homiladorlik paytida qanday muolajalar o’tkazish kerakligini shifokor faqat shaxsiy uchrashuv paytida eroziya kelib chiqish sabablari va rivojlanish turiga qarab aytib beradi.

Bachadon eroziyasini davolash

  • Bachadon eroziyasini radioto’lqin bilan davolash

Davolash taktikasi shifokor tomonidan ko’plab omillarni hisobga olgan holda alohida tanlanadi. Tug’ma eroziya bilan faqat mutaxassis nazorati ko’rsatiladi. Boshqa barcha holatlarda konservativ va jarrohlik davolash qo’llaniladi.

Konservativ davolash:

  • Yallig’lanishga qarshi terapiya;
  • Antibiotiklarni buyurish;
  • Immunomodulyatorlar va vitaminlar;
  • Fizioterapiya;
  • Eroziyani mahalliy davolash.

Natija bo’lmagan taqdirda jarrohlik davolash buyuriladi — krioxirurgiya, elektrojarrohlik, lazer yordamida yo’q qilish yoki termokoagulyatsiya.

Bachadon eroziyasini davolashning radioto’lqin usuli eroziyani qaytarilmaydigan tarzda olib tashlaydigan eng xavfsiz usuldir. Radioto’lqin pichog’i bir vaqtning o’zida to’qimalarni kesib, uni dezinfeksiyalaydi va tomirlarni koagulyatsiya qiladi. Davolanishdan keyin tiklanish davri minimal vaqt oladi. Terapiyaning afzalliklari — chandiqlar va bachadon bo’yni deformatsiyasi bo’lmasligi. Eroziyani radioto’lqinlar bilan tozalashdan keyin quyqalar ozgina bo’ladi va 10 kun ichida to’xtaydi. Ko’p miqdorda qon ketishi — bu darhol mutaxassis maslahatiga muhtoj bo’lgan patologiya.

Eroziyani tok bilan kuydirgandan keyin, birinchi hayz ko’rish bir oy ichida boshlanadi. Muddati 3-5 kun bo’ladi.

Bachadon eroziyasi — oldini olish

Patologiyani oldini olish displaziya va saraton kabi jiddiy asoratlardan qochishga yordam beradi. Shifokorlar ayollarga ginekolog tomonidan muntazam ravishda tekshiruvdan o’tishi, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, jinsiy a’zolar infeksiyasini oldini olish va o’zingizni istalmagan homiladorlikdan himoya qilish uchun prezervativlardan foydalanishni maslahat berishadi.

Maqoladagi maʼlumotlar tanishish maqsadida berilgan. Ushbu maqolada berilgan dori preparatlarini qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar mavjud. Qoʻllashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashishingiz zarur.

manba: dobrobut.com

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Bazalioma

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Kasalliklar
alomatlari va davolash, Bachadon eroziyasi sabablari