BЕPUL DAVOLANISH UCHUN YO‘LLANMA BЕRISH to’liq malumot oling

BЕPUL DAVOLANISH UCHUN YO‘LLANMA BЕRISH to’liq malumot oling

BЕPUL DAVOLANISH UCHUN YO‘LLANMA BЕRISH

⚡️Savol:

Kasalxonada bepul davolanishi uchun yo‘llanmani (order) qayerdan olinadi?

⚡️Javob:

Tibbiy yordam ko‘rsatilishiga yo‘llanma olish uchun mijoz yashash joyi bo‘yicha qishloq vrachlik punktlariga, qishloq va shahar oilaviy poliklinikalariga murojaat qilishi lozim.

❗️Mijozlarni tibbiy yordam olishning darajasiga muvofiq tibbiy yordam olish uchun yo‘naltirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

👉 qishloq vrachlik punktlari, qishloq va shahar oilaviy poliklinikalari tomonidan ‑ tibbiyot birlashmalarining tegishli markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalariga yo‘llanma beriladi;

👉 tibbiyot birlashmalarining tegishli markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalari tomonidan ‑ tibbiyot birlashmalarining tegishli statsionar bo‘linmalariga yoki viloyat darajasidagi tibbiyot tashkilotlariga;

👉 viloyat darajasidagi tibbiyot tashkilotlari tomonidan ‑ respublika darajasidagi tegishli tibbiyot tashkilotlariga yo‘llanma beriladi.

Yuridik
BЕPUL DAVOLANISH UCHUN YO‘LLANMA BЕRISH