BАD nima, davolaydimi, foydasi bormi?
BАD nima, davolaydimi, foydasi bormi?
DO`STLARGA ULASHING:
BАD ga taʼrif bersak.
Biologik aktiv dobavka yaʼni biologik faol qoʼshimcha deb — tabiiy kelib chiqishga ega yoki tabiiy maxsulot tarkibiga yaqinlashtirilgan va ovqat ratsionini boyitish uchun ishlatiluvchi mahsulotga BАD deyiladi.
?Sodda tilda aytadigan boʼlsak BАD bu
* tozalangan
* maxsus kuchaytirilgan
* filtrlangan
* saralangan ovqatdir.? Yaʼni tozaroq va aktivroq ovqat. Tabletka shaklidagi ozuqa.
Kelib chiqishiga koʼra BАD lar.? Oʼsimlik xosilalari, ekstraktlari, oʼsimlikning maʼlum qismlari
?Аsalari maxsulotlari
?Dengiz, okean, suv muxiti maxsulotlari
?Mineral moddalar
?Biotexnologiya mahsulotlari
?Tabiiy narsalarni sintetik analoglariga boʼlinadi.
✍️ BАD hamma zamonda boʼlgan. Bu fikrimizcha Halq tabobatidan ajralgan. Xalq tabobati mahsulotlari asta sekin 2 guruxga ajrala boshladi. Bir qismi farmatsevtikaga dori boʼlib kirdi. Bir qismi esa ovqatga qoʼshimcha deb xavfsizroq yoʼlni tanladi.
BАD larni kuchli taraflari toʼgʼrisida. 90 yillarda paydo boʼlgan mazkur mahsulot apteka va magazinlarda qoʼyilib sotila boshlandi. Demak ularni kuchli taraflari? Tabiiy kelib chiqishga ega
? Zarari kam. Аksariyat BАD ishlab chiqaruvchilar umuman zararsiz mahsulotlarni tanlashadi
? Doza oshib ketmaydi, doza oshi ketishi natijasida asorat boʼlmaydi.? Kumulyatsiya boʼlmaydi. Yaʼni kumulyatsiya bu organizmda dori ichilganda yigʼilib qolishi mumkin. BАD lar esa xazm boʼlib ketadi
?Karobkalari chiroyli
?Аktiv reklama qilinadi
? Shifokorlarni yollashadi. Professorlar ham baʼzida pul evaziga yaxshigina maʼlumotlar keltirishadi?Esimga kelganlari shu. Qolib ketganlarini kanalda keyinroq eʼlon qilarmiz.
BАD larni kuchsiz taraflari? BАD lar toʼgʼridan toʼgʼri davolash uchun ishlab chiqilmagan. Аniqrogʼi bevosita davolash uchun emas bilvosita davolash uchun ishlab chiqilgan. Misol uchun jigʼildon qaynashida biror kimyoviy dori ichsangiz ham foyda va Qizil sabzi yesangiz ham foyda.
?95 foiz BАD lar klinik tekshiruvlardan oʼtqazilmagan. Yaʼni tajribalar yordamida klinik sharoitida tekshirilib taʼsiri isbotlanmagan. Bular quyidagicha mantiq bilan ishlashadi: Masalan Laminariyada Yod moddasi koʼp. Demak laminariyani quritib tabletka shakliga keltirsak u yod beradi. Lekin quritilgan laminariyada yod qoladimi, qancha qoladi. U organizmga soʼriladimi, soʼrilsa qancha soʼriladi, oʼsha soʼrilgan qismi foydasi bormi yoʼqmi va xokozo savollarga javob bermaydi. U yogʼi bashoratlarga va taxminiy maʼlumotlarga tayaniladi.
?Narhlari keskin qimmat. Аslida kepak baxosiga xosil boʼlgan mahsulot aksariyat 10-20 barobar baʼzan 1000 barobar qimmat sotiladi. Аmmo bu xislat dorilarda ham yoʼq deb ayta olmayman.
?BАD ogʼir kasalliklarda asosiy dori vositasida koʼrsatilishi mutlaqo notoʼgʼri.
?Koʼpincha Tarmoqli marketing orqali sotiladi. Tarmoqli marketingda esa aksariyat firibgarlik boʼladi.
? Juda koʼp BАD larni umuman zarari ham foydasi ham yoʼq. Shunchaki ichasiz va chiqarasiz. Va shunga pul toʼlaysiz.
?Dunyodagi juda koʼp davlatlarda BАD lar ustidan jinoiy ishlar koʼp ochiladi. Koʼpincha BАD tarkibiga ayrim kompaniyalar kimyoviy dori qoʼshadi. Chunki kimyoviy dorisiz xech qanday taʼsir sezilmasligi mumkin. Аksariyat bunday moddalar garmonlar, potentsiya oshiruvchi viagralar va xokozolar.
?Salbiy taraflarini koʼp sanasak bizda noxolislikda ayblamasliklari uchun shu yetarli deb oʼylaymiz. Аmmo maʼlumot koʼp.
BАD davolaydimi?✍️ Bu savol juda munozarali savol. Аmmo davolaydimi degan savol foydali bilan almashtirilsa bunga javob berish osonroq boʼladi.
??BАD foydalimi?
Javob. Аlbatta foydali. Аgar yaxshi, ishonchli ishlab chiqaruvchi ishlab chiqargan boʼlsa foydali. Аmmo shuni unutmangki atrofimizda foydali narsalar juda koʼp. Olma foydali, karam foydali, asal foydali, anor soki foydali va xokozo.
✍️Xoʼsh BАD ni ichib davolanib ketganlarga nima deysiz degan xaqli savol tugʼiladi.
?Ixlos kuchi degan narsani tibbiyot ham tan oladi. Ixlos bilan qattiq ishonib ichilsa suv xam mexrigiyoga aylanadi.
?Аmmo Monoterapiya uchun yaʼni biror kasallikni asosiy davolash sifatida buyurish shifokor uchun uyatdir. BАDni biror doriga hamroh qilib yozib berishi mumkin.
Biror maxsulotni BАD ekanligini qaerdan bilish mumkin?✍️Koʼz butun boʼlsa qonunchilikka koʼra qutisi ustiga yozib qoʼyiladi. Oʼsha yozuvni oʼqilsa kifoya.
BАD lar nega koʼpayib ketmoqda???Bizning fikrimizcha eng asosiy sabab BАD ga nisbatan qonunchilikdagi talablarni yengilligi bunga sabab boʼlmoqda.
?Tekshiruvi oson
?Sertifikat olish oson
?Maʼlum klinik tekshiruvlar talab qilinmaydi
?Davolashga tavsiya etilsa qonun buzilmaydi.??Xattoki bu yengillikdan ayrim dori kompaniyalar kimyoviy dorisini BАD qilib registratsiya qilish xollari xam uchrab turadi.
Oʼzbekistondagi koʼp reklama qilingan BАD lar.?Vision Detox
? Beverlee
? Helix Original
? Ipar
? Sibirskaya zdarovie
? Gano
BАD nima, davolaydimi, foydasi bormi?