AZOV FLOTI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AZOV FLOTI haqida malumot bilib oling.

AZOV FLOTI — Rossiyada 1695-y. ning oxirlarida Qrim xonligi va Turkiyaning Qora dengiz boʻylaridagi yerlarini bosib olish uchun tashkil qilingan. Flot kurishda asosiy markaz qilib Voronej sh. tanlandi. Harbiy kemalarning birinchi yurishi 1696-y. ning 3-mayida Voronejdan boshlandi. Azov sh. ni ishgʻol qilishda Azov floti hal qiluvchi rol oʻynadi. Taganrog A. f. bazasi boʻlib qoldi. Admiralteystvo Azov sohilidagi Tavrovga koʻchirildi. 1696 — 1711-y. larda 215 kema qurildi. Prut yurishi (1711)dan keyin turklar Azovni yana qaytarib oldilar. Azov floti tor-mor qilindi.

Ensiklopediya.uz
AZOV FLOTI