AZOTLASH haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AZOTLASH haqida malumot bilib oling.

AZOTLASH — kimyoviy-issiqlik ishlovi berish usullaridan biri. Azotlash poʻlat, titan, baʼzi qotishmalardan tayyorlangan detallarning sirtqi qatlamini azotga toʻyintirishdan iborat. Detalning azotga toʻyintirilgan sirtqi qatlami juda qattiq, yeyilishga va zanglashga chidamli boʻlib qoladi. Yuqori t-ralar taʼsirida boʻladigan va ishqalanuvchi detallar, dvigatel klapanlari, tishli gʻildiraklar va b. detallarning ish sirti azotlanadi. Detallarga uzil-kesil issiqlik ishlovi berilib va silliqlanib, zarur oʻlchamga keltirilganidan keyingina Azotlash amalga oshiriladi. Poʻlat detallarning sirtqi qatlami ammiak oqimida 500—600° t-rada azotlanadi. Buning uchun detal ogʻzi zich berkitiladigan mufel pechta joylanadi. Mufelga ammiak (NH3) yuboriladi, ammiak azot bilan vodorodga parchalanadi. Azot atomlari detalning sirtqi qatlamiga diffuziyalanadi. Azot temir bilan reaksiyaga kirishib, qattiq nitridlar hosil qiladi, natijada detalning azotlangan sirtqi qatlami qattiq boʻlib qoladi. Titan qotishmalarni Azotlash 850—950° t-rada oʻta toza azot muhitida amalga oshiriladi. Ad.:Toʻraxonov Azotlash S, Metallshunoslik va termik ishlash, T., 1968.

Ensiklopediya.uz
AZOTLASH