Azot dunyosi

Azot dunyosi

Azot dunyosi

azot dunyosi 660efb7581afa

Kitobxon e’tiboriga havola etilayotgan ushbu ilmiy-obbabop asar, mashhur amerika fantast va ilmiy-ommabop asarlar yozuvchisi Ayzek Azimov (Isaac Asimov) tomonidan yozilgan bo‘lib, u muallifning «Uglerod dunyosi» deb nomlangan asarining mantiqiy davomi hisoblanadi. Muallif, molekulyar tarkibiga uglerod, vodorod va kisloroddan tashqari shuningdek albatta azot atomi ham kiradigan organik birikmalar haqida qiziqarli va tushunarli, ravon tilda hikoya qiladi. Bunday birikmalar doirasi juda katta — aminokislotalar va oqsillardan boshlab, bo‘yoq moddalargachadir. Bu birikmalar tiriklik dunyosida ham, sanoatda ham katta ahamiyat kasb etadi. Muallif hikoyalarni tarixiy va zamonaviy faktlar asosida, ilm-fanning o‘tmishi va buguniga murojaat etgan usulda, lekin xalqchil va oson shaklda bayon qiladi. Kitob yengil va qiziqish bilan mutolaa qilinadi.

Kitob, kimyo sohasi mutaxassis bo‘lmagan, lekin mazkur g‘oyat qiziqarli fan bilan tanishish maqsadida bo‘lgan kitobxonlarga, kimyo sohasiga qiziqib kirib kelayotgan maktab o‘quvchilariga va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalariga ayniqsa qiziqarli bo‘ladi.

Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko’rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.

Muallif: Ayzek Azimov.

O‘zbek tiliga www.Orbita.Uz sayti tarjimasi

Tematik yo‘nalishi: Biokimyo, ilmiy ommabop, qiziqarli kimyo

Tarixi: www.Orbita.Uz elektron kutubxonasii, 2015-yil.

Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .Djvu va .pdf formatlaridagi variantlarda, kompyuterda terilgan.

Grafikasi: O’zbek tili lotin alifbosida.

azot dunyosi 660efb764fa74Yuklab olish


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Kimyo
Azot dunyosi

Manba:orbita.uz