AZOLA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AZOLA haqida malumot bilib oling.

AZOLA (Azolla) — qirqquloqdoshlar oilasiga mansub, suvda oʻsadigan, sporali koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Suv ostida yon ildizlari, suv ustida qalin bargchalari boʻladi. Azolaning 6 ta turi bor. Qazilma turlarining soni 50 ga yaqin. Azolaning baʼzilari hoz. Jan. Amerika, Afrika, Jan.-Sharqiy Osiyo va Avstraliyaning tropik joylarida keng tarqalgan. Azolaning qazilma qoldiqlari (sporasi, bargining izlari va megasporasi) boʻr davridan pleystotsen davrigacha boʻlgan qatlamlarda uchraydi. Mas, ular Gʻarbiy Qozogʻistonda boʻr, Hindistonda eotsen, Ustyurt va Qozogʻistonda oligotsen davrlariga mansub qatlamlardan topilgan. Azola turlari azotga ega boʻlganligi tufayli undan tuproqning unumdorligini oshirishda foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
AZOLA