AZIMOV Sulaymon Egamberdiyevich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AZIMOV Sulaymon Egamberdiyevich haqida malumot bilib oling.

AZIMOV Sulaymon Egamberdiyevich (1908.21.10, Qirgʻiziston; Oʻsh viloyati Oʻzgan tumani — 1996.3.1, Toshkent) — faylasuf olim, jamoat arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan Fan arbobi (1958). Toshkentdagi Almaiy nomli namuna ish maktabi (1928), pedagogika texnikumini tugatgan (1929). Moskva Tarix-falsafa va adabiyot in-tining falsafa f-tida oʻqigan (1932 — 37). Oʻrta Osiyo davlat un-ti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika in-tida falsafadan dars bergan (1937—38). 1938-y. da «Qizil Oʻzbekiston» gaz. muharriri. 1939—41 y. larda respublika rahbar lavozimlarida ishlagan. Azimov qatagʻonga uchrab, umrining qariyb 15 y. ini (1941— 55) turma va qamoq lagerlarida oʻtkazdi. 1955—59 y. larda respublika madaniyat vaziri oʻrinbosari. 1959—66-y. larda Oʻzbekiston FA Falsafa va huquq in-ti sektor mudiri, katta ilmiy xodim. Nazariy-ilmiy, publitsistik asarlar muallifi.

Ensiklopediya.uz
AZIMOV Sulaymon Egamberdiyevich